O'zbekiston U-14 termasi ustozi Islom Ismoilov: "Raqibdan ustunroq edik"
27 sen 2022 16:50
Yangiliklar
O'zbekiston U-14 termasi ustozi Islom Ismoilov: "Raqibdan ustunroq edik"
Malumot uchun, kechagi bahsda O'zbekiston U-14 minimal (1:0) hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, birinchi nazorat bellashuvida rossiyaliklar xuddi shu hisobda g'olib chiqishgandi.

- Rossiya U-14 termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari haqida nimalar deya olasiz?
- Ikki o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz endi yig'ildi. SHuning uchun barcha futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishga harakat qilyapmiz. Birinchi o'yinda ilk bor xalqaro maydonda harakat qilayotganimiz bois hayajon sezilgandi, lekin o'yin jihatidan raqibga engilmagandik. Xato va kamchiliklarni ko'rib chiqib, ikkinchi uchrashuvda boshqa sxemada harakat qildik. Birinchi uchrashuvda 4-3-3 tuzilmasida harakat qilgan bo'lsak, ikkinchi bahsda 5-3-2 sxemasidan foydalandik. Natijani ko'rdingiz, raqibdan ustunroq edik, deb o'ylayman.

- Rossiya U-14 ning kuchiga qanday baho berasiz?
- Hozir aniq bir narsa deyishim qiyin. Lekin ularda hamisha potencial bo'ladi. Hali o'z so'zini aytadi, deb o'ylayman. Bizning avlodda ham kelajagi porloq bolalar yig'ilishgan. Kamchiliklar kuzatilgan bo'lsa-da, ikki o'yindan ko'nglim to'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar