So’nggi yangiliklar

08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  1 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  1 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  8 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  85 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga murojaat Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga murojaat

Ushbu murojaatning murabbiylarga umuman daxli yo'q bo'lib faqat futbolchilarga ataladi.

Boshingizni tik tuting! Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Kechagi o'yin bir yomon tush bo'ldi, xolos. Ikkinchi bo'limning oxirgi 20 daqiqasida ko'rsatgan o'yiningiz tahsinga sazovor. Mag'lubiyatni durangga aylantira oldik, sal qo'shganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi. SHunchaki omad kelmadi deb qo'ya qolamiz.

Bir narsani unutmang, Sizlar O'zbekiston milliy terma jamoasidek sharafli nom ostida o'ynayotgan kam sonli futbolchilardan birisiz. Bu darajaga etish, Jahon chempionati saralash o'yinlarida qatnashish har kimga nasib etavermaydi. Qanchadan qancha futbolchilar terma jamoa libosini kiysam deb orzu qiladi.

Kechagi alamli mag'lubiyat o'tdi-ketdi. Yana to'rt kundan so'ng bizni SHimoliy Koreyaga qarshi bahs kutmoqda. Mag'lubiyat bilan yashash aslo foyda keltirmaydi. Mundialga borish uchun haliyam yaxshi imkoniyatga egamiz. Eronni, Qatarni, BAAni o'ylamang, o'z o'yiningizni o'ylang. Buyog'iga avvalgi turlarda bo'lgani kabi o'z ochkolarimizni yig'aylik, matematika bilan o'ralashib qolmaylik.

Ishoning, SHimoliy Koreya ustidan qozoniladigan g'alaba hammasini joyiga tushiradi. CHunki bu turda BAA va Qatar o'zaro o'ynaydi. 6 ochkolik farq uchtaga qisqardi, ammo bu ham vahimaga sabab bo'la olmaydi. Agar KXDRni mag'lub etsak, hammasi o'z o'rnida qoladi. SHunday xotirjam kayfiyatda qishki tanaffusga yo'l olamiz.

Murabbiylarni yomonlab futbolchilarni ularga qarshi qayrash niyatimiz yo'q. Biz bitta kemadamiz va kema soz holatda manzilga etishi uchun hammaning birdamligi va o'z ishiga sadoqati kerak bo'ladi. Jamoaga aslo fitna aralashishi kerak emas. Bosh murabbiy - kema kapitani, uning gapi - buyruq, buni juda yaxshi tushunamiz. Lekin madomiki murabbiy hisob 2:2 bo'lganidan keyin Sizlarga himoyalanishni aytmagan ekan, SHimoliy Koreya bilan 0:0 bo'lib turgan paytda hujumga o'taylikmi deb ham so'ramang. Hujum qiling, zero hujum xavfli vaziyat yaratadi, vaziyat esa gol olib keladi.

SHuni unutmangki, biz Sizlarga to'liq ishonamiz. Biz SHimoliy Koreyadan istalgan payt istalgan maydonda kuchlimiz. Qatar bu jamoani yuta olmagandir, lekin biz yuta olamiz. Hatto SHomurodovsiz ham KXDRni mag'lub etishimizga ishonamiz.

Hal qiluvchi saralashning ekvatoridan o'tdik. Yana 5ta o'yin qoldi. Eng muhimi, hech kimga bog'lanib qolganimiz yo'q. Qaytanga raqiblar bizga qarab turibdi. Mayli, Eron uzoqlashib ketaversin, ular xotirjam bo'lsin, ammo biz ikkini berib qo'ymaylik. Bir narsani unumang, agar hozir to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga chiqmasak, keyingi bosqich bundan-da qiyin bo'ladi.

Ushbu murojaatni xohlang bir kishidan deb bilib, xohlang yuz kishi, xohlang ming kishi. CHunki bugun bir kishi xohlagan narsani ming kishi, hatto millionlab odamlar hoxlayotgan zamonda yashayapmiz. Bu - Jahon chempionatiga chiqish orzusi. Buni eng ko'p o'zingiz xohlayotganini ham bilamiz. SHunday ekan, bu yo'lda xalaqit berishni aslo istamaymiz, yo'lingiz doim ochiq bo'lsin, Laosdan yorug' yuz bilan qaytish nasib qilsin. Omad, yigitlar!


X.Xoliqov


North Korea

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 6-tur

19/11/2024, 17:00

1
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Abbosbek Fayzullayev - 44'

Stadion: 166 tomoshabin

45'
90'
34'  Un-Chol Ri (Tam Kye)
59'  Kuk-Chol Jang
70'  Chung-Song Paek (Kwang-Hun Pak)
70'  Jo-Guk Ri (Il-Gwan Jong)
85'  Il-Gwan Jong
88'  Kwang-Song Han (Ju-Song Choe)
38'  Bobur Abdikhalikov
44'  Abbosbek Fayzullayev
66'  Bobur Abdikhalikov (Khozhimat Erkinov)
80'  Jaloliddin Masharipov (Azizbek Amonov)
80'  Abbosbek Fayzullayev (Azizbek Turgunbaev)
83'  Umar Eshmuradov
87'  Azizbek Amonov (Abdulla Abdullaev)

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика