So’nggi yangiliklar

15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  1 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  12 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  3 14:28Ираола: "Биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 13:57Ўзбекистон U-16 терма жамоаси йиғини учун чақирилган футболчилар маълум  5 13:26Аёллар футболи: Терма жамоа Жаҳон чемпионатига тайёр ҳам, лойиқ ҳам эмас  7 12:26"Атлетико" Эдерсон учун 35 миллион евро таклиф қилди  0 11:48"Барселона" истеъдоди Испаниянинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 10:55"Интер" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  5 10:33"Ювентус" "Ман Сити"нинг асосий юлдузларидан бирини жамоага қўшиб олишни хоҳламоқда   2 10:07Кэррик "Борнмут"га қарши ўйинидаги ҳакамликни танқид қилди   0 09:42Қоил! Марокаш етакчиси Африка Миллатлар Кубоги совринини қабул қилмаслигини маълум қилди  9 09:15Эрон терма жамоаси етакчиларидан бири четлатилди  16 08:50Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Албания ва Россияга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  0 08:264-тур мухлислар ташрифи. Энг кўпи Фарғонада, энг ками Самарқандда  15

Ayollar futboli: Terma jamoa Jahon chempionatiga tayyor ham, loyiq ham emas Yangiliklar

Ayollar futboli: Terma jamoa Jahon chempionatiga tayyor ham, loyiq ham emas

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini tugatdi.

Guruhdan bir amallab chiqqan qizlar keyingi ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchrab, 2027 yilgi Jahon chempionati yo'llanmasidan quruq qoldi. To'g'ri, biz keyinroq xalqaro Konfederaciyalar o'tish turnirida ishtirok etamiz, lekin bundan ne foyda. Shunchaki yil oxirigacha turli safarlar, yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganimiz qoladi. Xalqaro o'tish turnirida nimanidir qoyil qilishimizga to'g'risi ishonch yo'q. Ishonch faqat Filippin bilan o'yinda bor edi, lekin u ham puchga chiqdi.


O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyadagi Osiyo Kubogida beshta o'yin o'tkazdi. Natijalarni keltirib o'tamiz:

Shimoliy Koreya - O'zbekiston 3:0

Xitoy - O'zbekiston 3:0

O'zbekiston - Bangladesh 4:0

Janubiy Koreya - O'zbekiston 6:0

Filippin - O'zbekiston 2:0


Umumiy beshta o'yindan 4tasida mag'lubiyat va bir g'alaba. To'plar nisbati 4-14. Biz faqat futbol o'ynashni bilmaydigan Bangladeshni yutdik xolos. Chunki Bangladesh ayollar terma jamoasi guruhdagi hamma o'yinlarni yutqazdi, birorta ham gol ura olmasdan - uch o'yinda 11ta gol o'tkazib musobaqani tark etdik. Futbol o'ynashni biladigan davlatlar bilan tenma-teng o'ynay olmadik. Ochig'i, biz Osiyo chempionatida nimadir karomat ko'rsatib, JCHga borishga loyiq emasdik. Umuman biz Jahon chempionatiga hali tayyor emasmiz.

Agar Evropa ayollar jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni ko'rmagan bo'lsangiz, ko'rishni maslahat beraman. Franciya, Angliya, Ispaniya - bular juda kuchli o'yin namoyish etadi. Hatto bazi uchrashuvlarga 20-30 minglab muxlis keladi. O'yin tempi nihoyatda baland, erkaklarnikidek tez va kurashlarga boy. Ochig'i, biz ularning darajasiga yaqin ham kela olmaymiz. Shuning uchun "ko'rpangga qarab oyoq uzat" maqoli bizga juda mos keladi va Jahon chempionatiga borilgan taqdirda shafqatsiz hisoblar bo'lishini tasavvur qila olamiz. Koreyadan 6ta gol o'tkazgan jamoa Franciyadan kamida ikki barobar ko'p o'tkazadi. Chunki bizning hozirgi darajamiz shu.



Etibor bering-a, FIFA JCH uchun Osiyoga 6ta o'rin bergan. Bu juda yaxshi ko'rsatkich. Eng qizig'i, yo'llanma uchun kurash Osiyo chempionatidan keyin ham davom etadi. Shu yilning noyabr-dekabr oylarida xalqaro Konfederaciyalar o'tish turnirining birinchi bosqichi, kelasi yil fevralda ikkinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. Osiyodan O'zbekiston va Xitoy Tapeyi shu uchrashuvlarda ishtirok etadi. Bu degani ketdi yana yil oxirigacha o'quv-yig'inlar, oxiri ko'rinmaydigan safarlar...

Ushbu Osiyo chempionati terma jamoa bosh murabbiyiga haqqoniy bahoni berib bo'ldi. Litvalik Kotrina Kulbite amalda ishonchni oqlay olmadi. Mayli, futbolda doim yutish imkonsiz, bo'lib ham endi-endi tetapoya qilayotgan O'zbekistonda ayollar futbolini birdaniga kuchaytirib bo'lmaydi. Buni ham tushunamiz, ammo nuqul "suxoy" yutqazishni qanday qabul qilish mumkin. Shimoliy Koreya yopiq davlat, lekin negadir ularning qizlari yaxshi futbol o'ynaydi. Ular chetma-chet yig'in o'tkazmasa ham kerak. Biz gol o'tkazdikmi, tamom yutqazamiz. Yana bitta gol bilan kifoyalanib qolmaymiz, kamida ikkita bilan boshlab oltita bilan tugatamiz.

Ayollarga hurmatimiz cheksiz, lekin O'zbekistonda ayollar terma jamoasini erkak murabbiyi boshqarishi kerak degan fikrdaman. Ko'p davlatlarda ayollar terma jamoasini erkaklar boshqaradi va natijaga erishadi. Masalan, Osiyo chempionatini oylik. Musobaqa 12ta jamoa ishtirokida boshlanib, shundan 8tasi guruhdan chiqdi va chorak finalga yo'l oldi. 


Chorak finalda o'ynagan jamoalar murabbiylari:

Janubiy Koreya - Shin Sang Vu (erkak, fuqaroligi Janubiy Koreya)

Yaponiya - Nils Nielsen (erkak, fuqaroligi Daniya)

Filippin - Mark Torkaso (erkak, fuqaroligi Avstraliya)

Xitoy - Ante Milichich (erkak, fuqaroligi Avstraliya)

Xitoy Taypeyi - Prasobchoke Chokemor (erkak, fuqaroligi Tailand)

Avstraliya - Jo Montemurro (erkak, fuqaroligi Avstraliya)

Shimoliy Koreya - Ri Song Xo (erkak, fuqaroligi KXDR)


Ko'ryapsizmi, bizdan boshqa hamma jamoani erkak murabbiylar boshqarib kelmoqda. Chunki erkaklarda o'rgatish va bilim berishni ayollarga nisbatan ustun deb bilaman. Oddiy misol, maktablarda eng zo'r o'qituvchilar kim? Erkaklar. Mashina haydashni kim yaxshi o'rgatadi? Erkak kishi. Maydonda kim yaxshi hakamlik qiladi? Erkaklar. To'p tepishni kim yaxshi o'rgatadi? Erkak kishi. 

Taklifim - Kotrina Kulbitega rahmat aytib chiqish eshiklarini ko'rsatish lozim. Uning darajasini ko'rdik. Kotrina hali yosh va terma jamoa darajasida kuchli emas deb o'ylayman. Ehtimol u malaka oshirish uchun bironta ayollar klubini boshqargani maquldir. Lekin mamlakat ayollar terma jamoasiga hali ancha sayozlik qilar ekan. Ayollar terma jamoamizga erkak kishini, bo'lib ham tajribali va yoshi 45dan oshgan erkak murabbiyni tayinlagan maqul deb bilaman. O'zimizda ham bor shunday murabbiylar va ular ayollar jamoalarida yomon ishlamayapti. Qizlar mayli, to'p tepsin, yordamchi murabbiy bo'lsin, shifokorlik qilsin, ammo bosh murabbiy va darvozabonlar murabbiyi erkak kishining ishi.


X.Xoliqov

Reyting: +5   

Fikrlar

   
21 mar 15:47:11
Ghvhhb Vvbnn.
Lekn boru trener qiz yomonam chiroyli asalde sevaman trenerni instagrami bormikan
   
21 mar 14:41:16
Neuling
Chetdan trener olib kelib olib, „xo'rozqand“ chet elniki deb yotib olib yalagandan ko'ra murabbiyga javob berib bu jamoani tarqatib qo'ya qolish kerak. Bu qizlar judayam futbol o'ynashni xohlashsa hududlarda jamoalar tashkil qilib berish kerak, o'ynab yuraverishadi.
   
21 mar 14:24:18
Fanat_Euro_football
Ayollar futbolini nma keragi bor bizga
   
21 mar 14:05:02
Sardorbek..
Мансур Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ошхонада хам бош ошпаз эркак киши бўлади)) лекин бола тарбиясида аёл кишининг роли каттароқ!
Tog'ri ayol to'p tepib yuraversa bola tarbiyasi xam to'liq erkakka qolib ketadi
   
21 mar 14:03:14
Мансур Исмаилов
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Ayollarni joyi oshxonada deb tog'ri aytgan qaysidir futbolchimiz
Ошхонада хам бош ошпаз эркак киши бўлади)) лекин бола тарбиясида аёл кишининг роли каттароқ!
   
21 mar 13:53:28
Baxtruz Oripov
тарк,атиб юборинглар бу айоларни нима кераги бор айоларга футболни.
   
21 mar 13:39:22
Sardorbek..
Ayollarni joyi oshxonada deb tog'ri aytgan qaysidir futbolchimiz
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика