"So'g'diyona" bosh murabbiyi istefoga chiqarilishi mumkin
21 mar 22:16
Yangiliklar
"So'g'diyona" bosh murabbiyi istefoga chiqarilishi mumkin
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoaning O'zbekiston Superligasidagi qoniqarsiz ishtiroki sababli o'z lavozimini tark etishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
Malumot uchun, jizzaxliklar yangi mavsumning dastlabki 4 turida muxlislar ishonchini oqlay olmadi va atigi 1 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi – bu esa turnir jadvalida keskin pasayishga va rahbariyatning haqli etirozlariga sabab bo'lmoqda. Natijalarning bu qadar salbiy ko'rinish olishi murabbiylar shtabida tezkor va jiddiy o'zgarishlar amalga oshirilishiga zamin yaratmoqda.
Hozircha klub matbuot xizmati ushbu ehtimoliy istefo yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqmagan bo'lsa-da, yaqin kunlarda Boshkovichning jamoadagi kelajagiga to'liq oydinlik kiritilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar