So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

O'zbekiston terma jamoasi menejeri OFK ochgan intizomiy ishga aynan nima sabab bo'lganini aytdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi menejeri OFK ochgan intizomiy ishga aynan nima sabab bo'lganini aytdi

Avvalroq, Suriyaga qarshi o'yinda muxlislar kiygan liboslar sabab O'FAga nisbatan intizomiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi.

O'zbekiston va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan uchrashuvidan so'ng OFK O'zbekiston futbol associaciyasiga nisbatan intizomiy ish ochgani haqida  futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z telegram sahifasida malum qilgandi. Bunga stadiondagi o'zbekistonlik muxlislarning Osiyo Kubogiga hech qanday aloqasi yo'q kompaniya reklamasi tushirilgan liboslarda o'tirgani sabab bo'lgani aytilgandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev saytimizga ushbu masala bo'yicha izoh berib o'tdi. Malum bo'lishicha, intizomiy ish ochilishiga stadiondagi ko'plab o'zbekistonlik muxlislarning sayyohlik kompaniyalaridan birining logotipi tushirilgan liboslarda o'tirgani sabab bo'lgan.

"Kecha OFKdan xat qabul qilib oldik. Xatda OFK tomonidan bizga bildirilgan etiroz aks etgandi. O'zbekistonlik muxlislar guruhi Suriyaga qarshi o'yinda OFK bilan kelishmaga holda, begona kompaniya brendidan foydalanishgan. Etirozning Artel kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo'q. Sizlarga suratlarni ham ko'rsatdim. Ijtimoiy tarmoqlarda milliy jamoamiz fan klubi rahbari Abdurahmon Fozilov va Artel kompaniya manziliga har xil o'rinsiz fikrlar bildirishmoqda. Ular terma jamoamizga juda ko'p yordam berishganini hisobga olib, bu narsa adolatdan emas deb hisoblayman. SHaffoflikni taminlash uchun sizlarga OFK aynan qaysi brend reklamasiga etiroz bildirganini ko'rsatdim. Ko'rganingizdek, bu mutlaqo boshqa kompaniya. Hozirda OFK bizdan javob kutmoqda. Biz huquqshunoslarimiz bilan maslahatlashgan holda, ularga bugun javob tayyorlaymiz. Ishonamanki, bir birimizni tushuna olamiz va hech qanday jarimalarsiz kelishib olamiz. Muxlislarimizdan kelajakda reglamentga amal qilishlarini va O'zbekiston futbol associaciyasini noqulay holatga tushirib qo'ymasliklarini iltimos qilgan bo'lardim", - deydi O'zbekiston terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev.

OFK O'zbekiston futbol associaciyasiga qarshi intizomiy ish ochdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика