O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan 5 sentyabr kuni matbuot anjumani bo'lib o'tadi
03 sen 2018 10:40
Yangiliklar
O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan 5 sentyabr kuni matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Xabaringiz bor, 6 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bu O'zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik murabbiy qo'lostidagi ilk o'rtoqlik o'yini bo'ladi.
Mazkur uchrashuv oldidan 5 sentyabr kuni "Milliy" stadionning matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Matbuot anjumanidan keyin ommaviy axborot vositalari xodimlariga o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditaciyalar taqdim qilinadi.
Eslatib o'tamiz, muxlislar O'zbekiston - Suriya uchrashuvi chiptalarini "Milliy" stadion kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar savdosi davom etmoqda.
Fikrlar