So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

O'zbekiston Superkubogi chiptalari sotila boshlandi Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi chiptalari sotila boshlandi

24 avgust kuni Jizzax shahrida mamlakatning amaldagi chempioni "Paxtakor" hamda O'zbekiston Kubogi sohibi "Nasaf" o'rtasida Superkubok o'yini bo'lib o'tadi.

Bellashuv 19:30 da start olishi rejalashtirilgan. 

Mazkur bellashuv chiptalari bugun, 17 avgustdan boshlab sotuvga chiqdi. CHiptalarni iTicket.uz sayti orqali elektron xarid qilish imkoniyati mavjud. Qayd etish kerak, “So'g'diyona” stadioni 11 ming ishqiboz uchun mo'ljallangan. 

Superkubok o'yinida "Paxtakor" nominal mezbon hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, stadionning 3A sektoridan "Paxtakor" fan-klubi joy olishi rejalashtirilgan. "Nasaf" fan-klubi vakillari esa 4A sektoridan foydalanishi ko'zla tutilgan. Mazkur sektor chiptalari Liga tomonidan har ikki klub uchun taqdim etiladi. O'z navbatida, "Paxtakor" futbol klubi muxlislari mazkur maqolada keltirilgan surat bo'yicha 3A sektoridan chap tarafga tomon, "Nasaf" ishqibozlari esa 4A sektoridan o'ng tomonga qarab chiptalar xarid qilishi tavsiya etiladi. 

CHiptalar uchrashuv startiga qadar elektron sotuvda bo'ladi. 23-24 avgust kunlari esa chiptani "So'g'diyona" stadioni kassalari orqali ham harid qilish mumkin.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика