So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  4 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev futbolchilarni tabrikladi Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev futbolchilarni tabrikladi

Hozirgina O'zbekiston terma jamoasi 2026 yilda bo'ladigan jahon chempionatiga yo'llanma oldi.

Bu katta voqelikdan keyin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev futbolchilarga tabrik yo'lladi.

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o'yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko'rsatib, tom manoda ulkan g'alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi, desak, to'g'ri bo'ladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va g'alabaga bo'lgan ishonchingiz bilan ana shunday orzuni real haqiqatga aylantirganingiz har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.

Mana shu munavvar oqshomda – qutlug' zafar ayyomida ko'pmillatli butun O'zbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravishda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

Saralash o'yinlari naqadar kuchli raqobat ostida, keskin va shiddatli kurashlarda o'tgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bo'lganiga qaramasdan, sizlar zarur ochkolarni jamg'arib, azmu shijoatli Yangi O'zbekiston yoshlari qanday yuksak marralarni egallashga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz.

Sizlarning ana shunday g'oyat masuliyatli turnirdagi munosib ishtirokingiz keyingi yillarda mamlakatimizda sportga, jumladan, uning eng ommaviy turi bo'lgan futbolga berilayotgan ulkan etiborning yana bir buyuk amaliy natijasi sifatida ham biz uchun g'oyat qadrlidir.

Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yo'lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O'zbekistonning xalqaro obro'-etiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sizlar futbol maydonlaridagi mana shunday shonli yutuqdan yangi kuch va ruh olib, kelgusi yili AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo qitasining birinchi va yagona vakili bo'lishdek yuksak sharafni chuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik ko'rsatasizlar, deb ishonaman.

Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni doimo qo'llab-quvvatlab kelayotgan mehribon va talabchan ustoz-murabbiylaringiz, milliy terma jamoamizning barcha azolarini, sizlarga baxt va omad tilab, kechayu kunduz duoda bo'lib kelgan ota-onalaringiz, aka-uka, opa-singil va barcha yaqinlaringizni o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan qizg'in tabriklab, ularga samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovg'asi sifatida olib kelayotgan ushbu unutilmas tarixiy g'alaba barchamizga muborak bo'lsin!

Zafarli odimlaringiz bardavom bo'lsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика