So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi Yangiliklar

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Muhim bahslarga tayyorgarlik doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.  Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va soat 17:00da boshlanadi.

Bilasiz, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo'lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o'yini chiptalari savdosini to'liq hajmda amalga oshiradi.

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.

Ayni paytda muxlislar O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:

1-toifa – 5 000 so'm;

2-toifa – 10 000 so'm;

CIP – 35 000 so'm.

CHipta bo'yicha batafsil malumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.  

O'rtoqlik uchrashuvi

9 noyabr (shanba)

O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON

"Paxtakor" stadioni

Boshlanish vaqti 17:00  

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика