So’nggi yangiliklar

19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  3 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  37 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida necha marta ishtirok etgan? Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida necha marta ishtirok etgan?

3-aprel kuni Saudiya Arabistonida start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 20-bor tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi avvalgi turnirlarning 10 tasida (1994, 1996, 2002, 2004, 2008, 2010, 2012, 2014, 2016, 2023) ishtirok etgan va raqiblar darvozasiga 74 ta gol kiritgan. Shuningdek, jamoamiz 46 uchrashuvda 19 g'alaba, 10 durang va 17 mag'lubiyat qayd etgan.

Mamlakatimiz ikki bor – 2008 va 2010-yillarda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilgan. 2010-yilgi turnirda Aleksey Evstafeev boshqaruvidagi o'smirlar jamoamiz finalga qadar etib borgan va yakunda kumush medallar bilan taqdirlangan. Aynan ushbu turnirda Timur Hakimov eng yaxshi futbolchi va musobaqa to'purari bo'lgan.

Ushbu yosh toifasidagi eng katta yutug'imiz, shubhasiz, 2012-yilda qayd etilgan. Eronda o'tkazilgan qita birinchiligida Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. 

2023-yil Tailand mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi yarim finalga qadar etib borgan va 11 yillik tanaffusdan so'ng, U-17 Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика