O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi mundialni g'alaba bilan boshladi
01 okt 2022 15:50
Yangiliklar
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi mundialni g'alaba bilan boshladi
Vakillarimiz ilk turda Polshani 3:1 hisobida mag'lub qilishdi. Gollarni Haydarali Tursunboev, Qudrat Xudoyqulov va Aziz Abdurahmonov urdi.
Polsha – O'zbekiston 1:3
"TFF Riva Facility" maydoni, Istanbul
Gollar: Lastovski 9' – Haydarali Tursunboev 11', Qudrat Xudoyqulov 34', Aziz Abdurahmonov 48'
O'zbekiston tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil SHukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni)
Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov

Rustam Mehmonov shogirdlarining keyingi turdagi raqibi Evro-2021 kumush medali sohibi Ispaniya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
17-Jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoalar

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar