So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  1 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  5 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

O'zbekiston MTJ Tailandga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi+Abdulla Abdullaevdan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Tailandga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi+Abdulla Abdullaevdan intervyu

Xabaringiz bor, Namanganda Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Ertaga "S" guruhining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Tailand uchrashuvi o'tkaziladi. Mazkur bahs oldidan terma jamoamiz navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. 

Bugungi mashg'ulotda Husniddin Aliqulov biroz betobligi sababli ishtirok etolmadi. Qolgan barcha futbolchilar tayyorgarlik jarayonida qatnashdi. Mashg'ulot ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Jumladan, MTJ sardori Eldor SHomurodov fotosuratchilik mahoratini namoyish etdi.

SHuningdek, jamoa azosi Abdulla Abdullaev bo'lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bo'lajak o'yin biz uchun muhim ahamiyatga ega, chunki mazkur bahsda g'alaba qozonishimiz shart. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlamoqda, ularga minnatdorchilik bildiramiz. Qo'limizdan kelgancha, chiroyli o'yin orqali g'alaba qozonib, saralashni yorug' yuz bilan yakunlaymiz degan umiddaman. 

- Maldiv orollariga qarshi o'yinda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdingiz va shifokorlardan yordam oldingiz. Hozirgi ahvolingiz qay darajada?

- Ha, biroz lat edim. Biroq murabbiy tarkibga kiritsa, maydonga tushishga tayyorman. 

- AGMKda sizni tayanch yarim himoyasida ko'rardik. Terma jamoada esa markaziy himoya zonasida harakat qilyapsiz. Ushbu poziciyada o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Futbolchi barcha nuqtada mukammal bo'lishi kerak, murabbiy uni qaerga joylashtirsa, o'sha erda o'ynay bilishi lozim. Men ikkala poziciyada ham o'zimni yaxshi his qilaman, joy tanlaydigan odatim yo'q. Muhimi, jamoaga nafim tegsa bo'lgani. 

- Katanec va Mirjalol Qosimovning o'xshash va farqli jihatlarini ayta olasizmi?

- Ularning o'ziga yarasha qattiqqo'lligi, futbolga bo'lgan qarashlari mavjud. Muhimi, ular o'yinga tayyor bo'lishni hamda natija keltira olishni xohlaydi. 

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Muxlislarga bizni qo'llab-quvvatlashgani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Ularni faqatgina terma jamoa ishtirokidagi o'yinlargi emas, mamlakat chempionatidagi uchrashuvlarga ham taklif qilib qolardim. O'ylaymanki, chiroyli o'yin namoyish etish orqali ularni xursand qilishda davom etamiz.

Bugungi mashg'ulotga oid qiziqarli barcha suratlarni GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Tolibjon Qosimov

Bugungi mashg'ulotga oid qiziqarli barcha suratlarni GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика