So’nggi yangiliklar

12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  0 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  1 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  1 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  3 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  7 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   2 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  54 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  8 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  26 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  4 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  14 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4

O'zbekiston MTJ murabbiyi: "Ertaga o'yin davomida Katanec bilan telefon orqali aloqada bo'lamiz" Yangiliklar

O'zbekiston MTJ murabbiyi: "Ertaga o'yin davomida Katanec bilan telefon orqali aloqada bo'lamiz"

JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Gonkong o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.




Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Rodmanovichga futbolchi Azizbek Turg'unboev hamrohlik qildi.

"Barchaga xayrli kun. Birinchi navbatda bosh murabbiyning holati haqida gapirmoqchiman. Katanec ikki kun avval o'zini yaxshi his qilmayotganini va shaxsiy muammosi borligini aytdi hamda Sloveniyaga uchib ketdi. Biz aynan qanday shaxsiy muammo ekanini so'ramadik, sababi hammada o'z shaxsiy hayoti bor.

Biz terma jamoaga ishonamiz, muxlislar ham terma jamoaga ishonishadi deb o'ylayman. Biz murabbiylar shtabi g'alaba uchun barcha ishni bajaramiz.

Ertaga Gonkongga qarshi ikkinchi marta maydonga tushamiz. Birinchi o'yindagi bo'lgani kabi ertaga ham chiroyli o'yin ko'rsatishga va g'alaba uchun o'ynaymiz. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz, Gonkong ham shu jumladan. Ertaga o'yinga bepisandlik bilan munosabatda bo'lsak yaxshi bo'lmaydi. Gonkongni yana bir bor tahlil qildik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandik", - dedi Vlado Radmanovich.

"Ertangi bahs ajoyib o'tishi kutilmoqda, chunki jamoadagi barcha legionerlar to'liq tarkib bilan mashg'ulotda ishtirok etyapmiz. Ertaga borimizni berib, 3 ochko uchun harakat qilamiz", - dedi Azizbek Turg'unboev.




- Bitta jamoaga qarshi qisqa muddatda ikkita o'yin o'tkazish doim qiyin. Ertga Gonkongdan syurpriz kutishimiz mumkinmi?
- To'g'ri aytdingiz. Bizda qisqa muddatda bir raqibga qarshi o'ynash tajribasi bo'lmagan. Bunda eng asosiysi motivaciya, yigitlar etarlicha motivaciya bilan maydonga tushishlari shart. Motivaciya keragidan ham ortiq bo'lmasligi kerak, barcha narsaning meyori bo'lgani yaxshi.

- Ertaga Katanec bilan aloqada bo'lasizlarmi? O'zgarishlarni u bilan maslahatlashib amalga oshirasizlarmi?
- Albatta bosh murabbiy bilan aloqada bo'lamiz. Ertaga Katanec o'yinni televizor orqali ko'rib boradi va biz bilan gaplashib turadi.

- "Navbahor"da o'ynaganingizda deyarli hujumchi bo'lgansiz, hozir esa terma jamoada butun qanot futbolchisiga aylandingiz. To'g'ri terma jamoada istalgan joyda o'ynash kerak. O'zingizga qaysi joyda o'ynash qulayroq?
Azizbek Turg'unboev: - To'g'ri aytdingiz, terma jamoada har qanday nuqtada o'ynashga tayyorman. Agar qaysi joyda o'zimni qulayroq his qilishimni so'rayotgan bo'lsangiz qanot yarim himoyachisi

Vlado Radmanovich: - SHu savolga qo'shimcha qilmoqchiman, 4 va 5 himoyachi bilan o'ynashda qanot himoyachilarining funkciyasi butunlay o'zgacha. Birinchi bo'lib franciyalik Mishel Idalgo 3 nafar markaziy himoyachi taktikasini qo'llagan. Bunday holatda jamoa to'pni yo'qotganda qanot futbolchisi himoyachiga aylanadi, to'pga ega bo'lganida esa yarim himoyachi va hujumchiga aylanadi.

- O'zbekiston Gonkongga uchib bordi va qaytib keldi. Yigitlarda charchoq alomatlari yo'qmi?
Azizbek Turg'unboev:
- Yo'q, charchoq alomati sezilmayapti. Sababi Toshkentga qaytib kelganimizdan keyin tiklanish mashg'ulotlariga urg'u berdik. Barcha yigitlar o'yinga tayyor.

- O'zbekiston terma jamoasi 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashga o'rganib qoldi. Balki Gonkong kabi kuchsizroq jamoalarga qarshi boshqacha taktikada o'ynaganimiz yaxshidir?
- Ertaga tongda bosh murabbiy bilan qanday taktikada o'ynashni gaplashib olamiz. Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda taktika tanlaymiz. Raqib safida 11 va 8 raqamli futbolchilar, hamda darvozabon yaxshi o'ynaydi. Ertaga bilamizki 11 raqamli futbolchi maydonga tusha olmaydi. Kuchsiz tomonlariga kelsak raqib himoyachilari uch qadar yaxshi o'ynay olishmaydi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика