So’nggi yangiliklar

13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  4 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  3 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  3 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  17 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  6

O'zbekiston MTJ. Faqat SHomurodov qatnashmagan mashg'ulot Yangiliklar

O'zbekiston MTJ. Faqat SHomurodov qatnashmagan mashg'ulot

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya safaridan oldingi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.

Terma jamoamiz delegaciyasi bugun soat 22:15da Toshkent-Seul reysi bilan Janubiy Koreyaga jo'nab ketishi tufayli bugungi mashg'ulotlar kuning birinchi yarmida o'tkazildi. Soat 10:00da "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda o'tgan mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan 23 nafar futbolchining deyarli barchasi qatnashdi. Faqatgina "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov mashg'ulotda qatnashmadi. Kechagi mashg'ulotda ishtirok etmagan IbrohimHalil Yo'ldoshev va Otabek SHukurov terma jamoamiz ixtiyoriga etib keldi.





Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Pari NN”), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek SHukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Ural"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), SHahboz Umarov ("Ordabasi"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo")

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Roma"), Igor Sergeev ("Tobol")


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin: FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика