So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

O'zbekiston kubogi, PRO-liga, futzal va ayollar chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi, PRO-liga, futzal va ayollar chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Qura
28 fevral kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida 2018 yilgi O'zbekiston kubogi, PRO-liga, futzal va ayollar chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada tadbirlarning tafsilotlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


"2018 yil sport va futbolga katta etibor beriladigan yil hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich shaxsan o'zlari sportni yanada rivojlantirish haqida aytib o'tdilar. Barcha klublarga yangi mavsumda omad tilaymiz. PRO-liga, futzal va ayollar jamoalariga omad tilayman. Barcha klublar o'zlariga qo'yilgan talablarga rioya qilishlariga chaqirib qolaman", - deydi PFL bosh direktori Omon G'ofurov. 

Dastlab ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga qura tashlanadi. CHempionat uy-safar tizimida o'tkaziladi. Davralar ko'zgu tizimida o'tkaziladi. Yani 1-tur, so'nggi 28-turning aksi bo'ladi.

28 mart kuni "Bunyodkor" va "Metallurg" ayollar jamoalari o'rtasida Superkubok uchrashuvi bo'lib o'tadi.

2018 yilgi ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 14ta klub ishtirok etadi. 

Ayollar chempionati 1-tur:
"Neftchi” (Farg'ona) - "Navbahor” (Namangan)
"Sevinch” (Qarshi) - "Metallurg” (Bekobod)
"SHo'rtan” (G'uzor) - "Bunyodkor” (Toshkent)
AGMK (Olmaliq) - "So'g'diyona” (Jizzax)
"Paxtakor” (Toshkent) - "Lokomotiv” (Toshkent)
"Qizilqum Guli” (Navoiy) - "Qo'qon-1912” (Qo'qon)
"Buxoro” (Buxoro) - "Andijanka” (Andijon)

Endi futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatiga qura tashlanadi. Bu yilgi futzal chempionatida 12ta klub ishtirok etadi. 22ta tur bo'ladi. Har bir turda bitta klub bitta raqib bilan ikki kun ichida ikkita o'yin o'tkazadi. 

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati-2018.
1-tur juftliklari (30-31 mart)
"Bunyodkor” (Toshkent) - "Qizilqum” (Navoiy)
"Metallurg” (Bekobod) - "Neftchi” (Farg'ona)
"Lokomotiv” (Toshkent) - "Nasaf” (Qarshi)
"Buxoro” (Buxoro) - "Paxtakor” (Toshkent)
"Qo'qon-1912” (Qo'qon) - AGMK (Olmaliq)
"Navbahor” (Namangan) - "So'g'diyona” (Jizzax)

Navbat PRO-ligaga qura tashlanadi. Bu yilgi chempionatda 16ta klub ishtirok etadi. Klublar o'zaro uy-safar uchrashuvini o'tkazishadi va jami 30ta tur bo'ladi. PRO-liga taqvimi ham ko'zguli bo'ladi, yani 1-tur so'nggi 30-turning aksi bo'ladi.

PRO-liga-2018.
1-tur. 25 mart
“SHo'rtan” - “Dinamo”
“Surxon” - “Zomin”
“Paxtakor-2” - “Istiqlol”
“Iftixor” - “Norin”
“Andijon” - “Bunyodkor-2”
“Yozyovon” -  “Lokomotiv-BFK”
“Xorazm” - “Mashal”
“Orol” - “G'ijduvon”


2018 yilgi O'zbekiston kubogida jami 26ta klub ishtirok etadi. “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari musobaqani 1/8 final bosqichidan boshlashadi. Birinchi bosqichda superliganing 8ta va PRO-liganing 14ta klubi qatnashadi. “Bunyodkor-2” va “Paxtakor-2” klublari O'zbekiston kubogida ishtirok etishmaydi.


1/16 final. 15-16 aprel
“Istiqlol” – “Neftchi”
“G'ijduvon” - “Qizilqum”
“Orol” - “Metallurg”
“Lokomotiv-BFK” - “Navbahor”
“Dinamo” – “Surxon”
“Iftixor” - “Qo'qon-1912”
“SHo'rtan” to'g'ri 1/8 finalga chiqdi
“Zomin” - “So'g'diyona”
“Mashal” – “Xorazm”
“Yozyovon” – AGMK
“Andijon” – “Buxoro”
“Norin” to'g'ri 1/8 finalga chiqdi

Qura setkasi yuqorisida “Lokomotiv” va “Paxtakor”, quyida esa “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari joy olishdi. Yani agar ushbu klublar barcha o'yinlarda g'olib chiqishsa yarim finalda to'qnash kelishadi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика