U-17 Jahon chempionatiga qura tashlandi. O'zbekiston "J" guruhidan joy oldi
25 may 23:32
Yangiliklar
U-17 Jahon chempionatiga qura tashlandi. O'zbekiston "J" guruhidan joy oldi
Qatar poytaxti Doha shahrida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston "J" guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya jamoalari bilan birga o'rin oldi, jamoamiz quradan oldin 2-savatchadan o'rin olgandi.
Qatarda bo'lib o'tadigan JCH shu yilning 3-27 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o'rin egalari 1/16 final bosqichiga yo'llanma olishadi.
"A" guruhi: Qatar, Italiya, JAR, Boliviya
"B" guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya
"C" guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA
"D" guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji
"E" guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr
"F" guruhi: Meksika, Koreya Respublikasib Kot-dIvuar, Shveycariya
"G" guruhi: Germaniya, Kolumbiya, KXDR, El-Salvador
"H" guruhi: Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya
"I" guruhi: AQSH, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya
"J" guruhi: Paragvay, O'zbekiston, Panama, Irlandiya
"K" guruhi: Franciya, Chili, Kanada, Uganda
"L" guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar