"Liverpul" Angliya terma jamoasi vingerini nishonga oldi
26 iyu 19:58
Yangiliklar
"Liverpul" Angliya terma jamoasi vingerini nishonga oldi
"Liverpul" kolumbiyalik yarim himoyachi Luis Dias boshqa klubga o'tadigan bo'lsa, "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq "Bavariya" Dias uchun 65 mln evro taklif qilgani malum bo'lgandi. "Qizillar" kamida 75 mln evro ishlab olishni istamoqda. Xabar qilinishicha, Gordon huddi shuncha pul evaziga qo'lga kiritilishi mumkin.
Transfermarkt portali inglizning narxini 65 mln evroga baholamoqda. Entoni Gordon 2023 yilda "Everton"dan "Nyukasl"ga o'tgandi. Vinger Angliya terma jamoasi safida 12 ta o'yinda bitta gol urgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar