So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  2 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  17 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

O'zbekiston Kubogi. Finaldan oldin AGMK vakillari o'z fikrlarini bildirishdi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Finaldan oldin AGMK vakillari o'z fikrlarini bildirishdi

Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda "Paxtakor" va AGMK klublari to'qnash keladi. Bugun ushbu o'yindan oldingi matbuot anjumani "Samarqand darvoza" majmuasida bo'lib o'tdi.

Anjumanning ikkinchi qismida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, futbolchilar Akmal SHorahmedov, Vladislav Kasminin, Elguja Grigalashvili va SHahzodbek Nurmatov ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: - "Ertaga biz uchun ham, "Paxtakor" uchun ham muhim o'yin. Qiziqarli bahs bo'ladi deb o'ylayman, sababi final bitta bahsdan iborat, har doim ham finalga chiqilavermaydi. Bundan tashqari kubokda g'olib bo'lsak OCHLga yo'llanma olamiz. SHu bois mazkur bellashuvga alohida tayyorgarlik ko'rdik. Xabaringiz bor, kuni kecha klub bosh homiysi OKMKning 70 yillik yubileyi nishonlandi. Fursatdan foydalanib barcha xodimlarni tabriklayman. Avvalombor barchasi yaratgandan, ertaga g'alaba qozonishga va kubokni Olmaliq ahliga sovg'a qilishga harakat qilamiz".


- Bu mavsum Superligada "Paxtakor"ga qarshi ikkala bahsda ham himoyaviy o'yin namoyish etilgandi. Ertaga final. Bu safar boshqacharoq o'ynaysizlarmi yoki himoyaviymi?
- "Paxtakor"ga qarshi ochiq o'yin namoyish etish yaxshilikka olib kelmaydi. Bitta o'yinda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Finalda o'z uslubimizda o'ynaymiz. Bu bahsga Xavini olib kelmoqchi edik, ammo o'xshamadi (kuladi).


- Biz uchun har bir musobaqa muhim. Bu Superliga bo'ladimi, Kubok yoki liga kubogimi farqi yo'q. Barcha raqibga munosib tayyorgarlik ko'rdik va maydonga tushdik.

- Qiyinchiliksiz rohat yo'q. Mavsum boshida afsuski kutilmagan mag'lubiyatlar bo'ldi. CHempionat bahslari shiddatli o'tmoqda. Bugungi kunda ikkinchi o'rin uchun kurash va ligada qolish uchun kurash qiziqarli davom etmoqda. SHunday kurashlar ko'p bo'lsa oxir-oqibatda milliy terma jamoaga foyda keltiradi. Saralash bahslari milliy terma jamoamizga omad tilaymiz.


- Futbol jamoaviy o'yin. Agar yutsak birgina meni yutug'im bo'lmaydi. Bunda yigitlarning mehnati katta ahamiyat kasb etadi.

- Zafar Polvonov afsuski ertangi finalda maydonga tusha olmaydi. Sababi ayni paytda jarohatini davolamoqda.

- Penaltilar seriyasiga tayyorlandikmi? Futbolda har qanday natija qayd etilishi mumkin. SHu bois mashg'ulotlarda buning ustida ishladik.


Vladislav Kasminin: "Paxtakor" kuchli jamoa ekanligini barcha biladi. Ayniqsa bu mavsumda, ammo ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Ertaga maksimal harakat qilishga va muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz".

Elguja Grigalashvili: "Assalomu alaykum! (o'zbek tilida) Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Raqibimiz juda yaxshi jamoa. Umid qilamizki barchasi biz yaxshi tugaydi".

Akmal SHorahmedov: "Ertaga menimcha qiziq o'yin bo'ladi. Sababi "Paxtakor" o'tgan yil finaldagi mag'lubiyat uchun revansh olishga harakat qiladi. CHempionatda pastroq o'rinda bo'lsak ham Kubok uchun bor kuchimizni berib o'ynaymiz. Stadionga kelgan muxlislar yomon o'yin ko'rishmaydi. Kuchli jamoa g'olib bo'lsin".

SHahzodbek Nurmatov: "Bizni og'ir bahs kutib turibdi, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz, g'alaba qozonishimizga ishonamiz".


- O'tgan yil "Paxatkor" safida AGMKga qarshi o'ynagansiz, bu yil esa teskarisi...
Akmal SHorahmedov:
- Futbolchi qaysi klubda o'ynasha o'sha jamoa yutishi uchun harakat qiladi. "Paxtakor" revansh olishni istaydi, o'z navbatida men ham bu yil kubokni qo'lga kiritish uchun maydonga tushaman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика