So’nggi yangiliklar

16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  72 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  93 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0

O'zbekiston kubogi-2017. OFK prezidenti g'olibga kubokni topshiradi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi-2017. OFK prezidenti g'olibga kubokni topshiradi

Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan dasturlar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, OFK tomonidan milliy associaciyalarni rivojlantirish dasturi asosida turli loyihalar bo'yicha kelishuvga erishilgani avval xabar qilingandi.

Jumladan, Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan yurtimizning Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga hamda Respublika Oliy Sport Mahorati Futbol Maktabiga qarashli suniy qoplamali maydon to'laligicha rekonstrukciya qilishga jami 600 000 AQSH dollari miqdorida mablag' ajratiladigan bo'ldi.

Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga ko'ra Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa joriy yilning 3-5 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan yurtimizga keladi.

Tashrif davomida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar o'tkazishi ko'zda tutilgan bo'lib, bu uchrashuvlar davomida SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yurtimizda futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

SHuningdek, SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o'rtasida bo'lib o'tdadigan O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g'olib jamoaga O'zbekiston Kubogini topshiradi.

OFK prezidentining yurtimizga tashrifi O'zbekiston futbol federaciyasining Osiyo Futbol Konfederaciyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика