So’nggi yangiliklar

12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  2 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  1 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  5 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  13 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  14 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  8 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  14 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  9 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  22

O'zbekiston, Koreya va Yaponiya peshqadam, Xitoy va qo'shnilarimiz hali ochko olishmadi. Bugungi o'yinlar va guruhlardagi holat Yangiliklar

O'zbekiston, Koreya va Yaponiya peshqadam, Xitoy va qo'shnilarimiz hali ochko olishmadi. Bugungi o'yinlar va guruhlardagi holat

Bugun Osiyo qitasida JCH-2026 3-saralash bosqichi 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida BAAni qabul qiladi, bahs "Bunyodkor" stadionida 19:00da start oladi. SHu o'rinda bugungi o'yinlar ro'yxati bilan tanishtirib o'tamiz.

JCH-2026 3-saralash bosqichi

4-tur o'yinlari

15.10.2024

"A" guruhi

19:00. O'zbekiston - BAA

19:00. Qirg'iz Respublikasi - KXDR

21:00. Eron - Qatar

"B" guruhi

16:00. Koreya Respublikasi - Iroq

21:00. Falastin - Kuvayt

21:00. Iordaniya - O'mon

"S" guruhi

15:35. Yaponiya - Avstraliya

17:00. Xitoy - Indoneziya

23:00. Saudiya Arabistoni - Bahrayn

OFK elon qilgan bu jadvalda har bir to'qnashuv o'sha o'yin bo'lib o'tadigan mamlakatning mahalliy vaqti bilan ko'rsatilgan.


JCH-2026 3-saralash bosqichi 4-turidan oldin guruhlardagi holat

"A" guruhida O'zbekiston va Eron peshqadam bo'lib turishibdi va ikkita to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun aynan shu jamoalar asosiy davogar. Osiyo Kubogi g'olibi Qatar esa bu bosqichda omadsiz start oldi. Qo'shni Qirg'iz Respublikasi hali ochko olmagani achinarli.


"B" guruhida ham biznikidagi kabi ikkita peshqadam bor: Koreya Respublikasi va Iroq. Qizig'i, bugun aynan shu jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi va kim yakka peshqadamga aylanishini aniqlab olishadi yoki birgalikda jadvalni boshqarishda davom etishadi. Iordaniya esa hali yana qo'sha oladi, nazarimda.


"S" guruhida Yaponiyaning statistikasi dahshatli. Yaponlar 3 o'yinda hali birorta gol o'tkazib yuborishmadi va 14ta gol urishdi. Tabiiyki, uchta g'alaba. Kunchiqar yurt futbolchilari yo'lidan chiqqan raqibni yamlamay yutmoqda. Saudiya Arabistoni esa Manchini qo'l ostida pastga sho'ng'ishda davom etmoqda: 3 o'yinda 4 ochko. Bu guruhda qator futbolchilarni mahalliylashtirayotgan va koreyalik mashhur mutaxassis SHin Tae Yong boshqarayotgan Indoneziya ko'pchilikka syurpriz bo'lishi tayin. Xitoy esa hali umuman ochko olmadi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика