O'zbekiston Hindiston ustidan qozonilgan g'alaba tufayli FIFA reytingida necha pog'ona ko'tarilgani malum
19 jan 2024 13:55
Yangiliklar
O'zbekiston Hindiston ustidan qozonilgan g'alaba tufayli FIFA reytingida necha pog'ona ko'tarilgani malum
"Oq bo'rilar" g'alaba evaziga qancha ochko qo'lga kiritgani malum bo'ldi.
Osiyo kubogi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Hindiston (3:0) uchrashuvida g'alaba qozongan hamyurtlarimiz FIFA reytingida 12.58 ochkoni qo'lga kiritdi va ikki pog'ona yuqorilab, 66-o'ringa ko'tarilib oldi.
Hindiston esa shuncha ochko boy berib, etti pog'ona pastladi va 112-o'ringa tushib ketdi.
Srechko Katanec shogirdlari 3-turni Avstraliyaga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yindagi g'alaba vakillarimizga FIFA reytingida qo'shimcha 23.86 ochkoni taqdim etadi. Durang ham jamoamizga 6.36 ballni kafolatlaydi. Mag'lubiyat esa 11.14 ochkodan judo qiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Avstraliya uchrashuvi 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar