So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

O'zbekiston avvalgi Osiyo Kuboklarini qanday boshlagan? Yangiliklar

O'zbekiston avvalgi Osiyo Kuboklarini qanday boshlagan?

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019dagi ilk uchrashuvini o'tkazadi.

Biz o'quvchilarimizga terma jamoamiz avvalgi Osiyo Kuboklarini 1-turini qanday natija qayd etgani haqida malumot berishga qaror qildik.

1996 yil
Xitoy - O'zbekiston 0:2
Gollar:
Igor SHkvirin 78, Maksim SHackix 90

1996 yil BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida debyut qilgan jamoamiz ilk uchrashuvni Xitoyga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan. O'shanda SHkvirin va SHackix tomonidan urilgan gollar O'zbekistonga g'alaba keltirgan edi. Yakunda termamiz guruhdan chiqa olmagan.


2000 yil
Qatar - O'zbekiston 1:1
Gollar: 
G'ulom 61 - Mirjalol Qosimov 73

Livanda o'tgan Osiyo Kubogini Qatarga qarshi bahs bilan boshlashgan. Qatarliklar hisobni ochishgan, Mirjalol Qosimovning goli jamoamizga durang keltirgan. Yakunda termamiz guruhdan chiqa olmagan.



2004 yil
Iroq - O'zbekiston 0:1
Gol:
Mirjalol Qosimov

Oradan to'rt yil o'tib jamoamiz Xitoydagi qita chempionatida qatnashishgan. O'shanda 1-turni Iroqqa qarshi o'tkazib 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. Qizig'i bu safar ham Mirjalol Qosimov gol urgan edi. Yakunda termamiz chorak finalga qadar etib borgan.



2007 yil
Eron - O'zbekiston 2:1
Gollar:
Hussayni 55, Kozimiyan 78 - Rizoyi 16 avtogol

2007 yil Osiyo Kubogiga to'rtta davlat mezbonlik qilgan. Eron bilan bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgan. SHu tariqa O'zbekiston birinchi bor Osiyo Kubogini mag'lubiyat bilan boshlashgan. Yakunda termamiz chorak finalga qadar etib borgan.


2011 yil
Qatar - O'zbekiston 0:2
Gollar: 
Odil Ahmedov 59, Server Jeparov 77

Qatarda o'tgan musobaqaning ochilish o'yinida O'zbekiston mezbonlar bilan o'ynagan. Odil Ahmedovning ajoyib golini ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Yakunda termamiz musobaqada to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan.



2015 yil
O'zbekiston - KXDR 1:0
Gol: 
Igor Sergeev 62

Avstraliya mezbonlik qilgan musobaqani ham vakillarimiz g'alaba bilan boshlashgan. KXDR bilan bahsda Igor Sergeev boshi bilan gol urgan edi - 1:0. Yakunda termamiz musobaqada chorak finalga qadar etib borgan edi.


SHunday qilib, O'zbekiston oldingi 6ta Osiyo Kubogining 1-turida shunday natijalar qayd etgan: 4ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat.  Ertaga O'zbekiston terma jamoasiga omad tilab qolamiz!

 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика