So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

O'zbek futboli ixlosmandlari uchun xushxabar! Yangiliklar

O'zbek futboli ixlosmandlari uchun xushxabar!

Xabaringiz bor, 7-9 oktyabr kunlari futbol hamda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari Eron vakillariga qarshi bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvlarni yuqori saviyada hamda karantin talablariga rioya etgan holda tashkil etish bo'yicha hukumat doirasida maxsus yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish bayonnomasiga muvofiq ushbu o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadigan arenalarga cheklangan miqdorda tomoshabinlar kiritilishiga rozilik berildi.

Karantin talablariga qatiy rioya qilgan holda, "Paxtakor" stadioni mezbonlik qiladigan futbol bo'yicha O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuviga 1000 nafar tomoshabin kiritilishiga ruxsat berildi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston - Eron o'rtoqlik o'yini o'tadigan "O'zbekiston" sport majmuasiga 200 nafar tomoshabin tashrif buyurishiga ijozat berildi.

O'zbekiston futbol associaciyasi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda barcha uchrashuv chiptalarini bepul tarqatishni lozim deb topdi.

SHu sababli, ushbu chiptalarni O'zbekiston hududi bo'ylab taqsimlashda Superliga va Pro Liga jamoalarining fan klublari yordamidan foydalaniladi.

Mazkur klub etakchilari O'zbekiston futbol muxlislari klubiga murojaat etishi so'raladi. SHuningdek, ular o'z hududida chiptalarning holisona, bepul tarqatilishiga masul hisoblanadi.

CHiptalarni sotish qatiyan taqiqlanadi!

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика