So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

O'tkir Yusupovning kumiri bilan uchrashuv Yangiliklar

O'tkir Yusupovning kumiri bilan uchrashuv

Kecha SHarja shahrida O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoasi vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanidan so'ng telefonimga OFK musobaqalar bo'limi boshlig'i, hamyurtimiz Avazbek Berdiqulovdan "qaerdasiz aka" degan xabar kelib qoldi.

Avazbek Berdiqulov BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogining rahbari hisoblanadi.

U kishi bilan qo'ng'iroqlashib ko'rishdik hamda Avazbek meni Dubay shahridagi "Rashid stadium"ga taklif qildilar. Biz u erda Saudiya Arabistoni - KXDR  uchrashuvini tomosha qildik. Avazbekning sharofati bilan o'yinni VIP mehmonlar uchun ajratilgan sektordan kuzatdim. Bu joyda ko'plab taniqli insonlarni uchratdish mumkin edi.

Osiyo chempionati Evropaliklarga qiziq emas deb o'ylaguvchilar xato qilishadi. BAAdagi turnirni ko'plab evropalik skautlar va mutaxassislar kuzatib borishmoqda.

Bu erda men o'tgan yilgi jahon chempionati kashfiyoti bo'lgan Xorvatiya terma jamoasining bosh murabbiyi Zlatko Dalichni uchratdim. Dalich uchun Osiyo futboli begona emas. U BAAning "Al-Ayn"  jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.



VIP mehmonlar orasida "Qo'qon-1912" jamoasi hamda milliy terma jamoamiz darvozaboni darvozaboni O'tkir Yusupovning kumiri, Germaniya terma jamoasi hamda "Bavariya" klubi sobiq posboni Oliver Kanni uchratganim esa kayfiyatimni yanada ko'tarib yubordi. CHunki Germaniya futbol afsonasi mening ham yaxshi ko'rgan darvozabonim edi. Biroz yoshi kattaroq muxlislarimiz yaxshi bilishadi, Kanni ko'rgan ancha-muncha hujumchi o'zini yo'qotib qo'yardi. "Bavariya"ning gullagan davrlari Oliver Kannning davrida edi.




Xullas Osiyo chempionati futbolchilarimiz uchun kattagina bozor hisoblanadi.

Akramjon Mamadaliev BAAdan mahsus

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика