So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  3 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  12 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  1 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  10 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  22 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  67 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  24 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  51

O'tish o'yini: "Metallurg" 2025 yil Superligada o'ynaydi. Xayr, "Olimpik"! Yangiliklar

O'tish o'yini: "Metallurg" 2025 yil Superligada o'ynaydi. Xayr, "Olimpik"!

Teglar :  MetallurgOlimpik
Bugun Superliga o'tish o'yini bo'lib o'tdi.

Unda ilk o'tish o'yinida mag'lub bo'lgan jamoalar — «Metallurg» va «Olimpik» o'zaro bahs olib bordi. 

"Olimpik" - "Metallurg" 1:2
"Bunyodkor" stadioni, 15:00
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Husniddin SHodmonov, Alisher Usmonov
To'rtinchi hakam: Sardor Mirodilov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Sanjar SHoyusupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov

Gol: Zabihillo O'rinboev (SHahzod Nematjonov) 11, 0:1, SHahzod Nematjonov (Zabihillo O'rinboev) 31, 0:2, Rian Islamov (Maqsudxo'ja Aloxo'jaev) 60, 1:2

"Olimpik" — 1.SHukron Yo'ldoshev, 2.Mirkomil Abdurazzoqov (70.Muhammadbobur Mo'ydinov,46) (66.Bexruzbek Karimov, 85), 5.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 8.Nodirbek Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farruhbek Muxtorov, 15.Muxsin Bozarov (64.Samandar Qodirov,68), 16.Rian Islomov ( 81.Abdulaziz Abdusalomov 78) 18.Akbar Abdurasulov, 29.Ulug'bek SHaripov (11.Anvarjon Alijonov,46), 44.SHerzodjon Komilov


Zaxira: 99.Edem Nemanov,  17.Jaloliddin Sodiqov, 27.Og'abek Eshmamatov, 30.Oybek O'rmonjonov,  

"Metallurg" — 35.Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Kerim Palich, 5.Oleksandr Kucherenko, 8.Iskandlar SHayqulov, 9.Zabixillo O'rinboev 11.Daler SHaripov (99.Abbos Ergashboev, 90+6) 15.Azizbek Pirmuhammedov, 22.SHaxzodbek G'ofurbekov, 25.SHaxzodjon Nematjonov ( 14.Abrorbek Toshqo'ziev,84), 31.Marko Milichkovich (88.Sirojiddin Qo'ziev, 55)


Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 24.Davronbek Hoshimov, 38.Humoyunmirzo Zaylidinov, 66.Samirjon Rabbimov, 77.Alisher Xayrullaev,  98.Balca Sekulich, 

Ogohlantirish: Odilbek Abdumajidov ("Metallurg") 26, 90 Maqsudxo'ja Aloxo'jaev ("Olimpik") 38, Azizbek Pirmuhammadov ("Metallurg") 90, 

CHetlatish: Odilbek Abdumajidov ("Metallurg") 90+3

MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. "Olimpik" oxirgi soniyalarda qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. O'ktamovning akrobatik tarzda bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

90+3. IKKINCHI SARIQ VA QIZIL. "Metallurg" himoyachisi Odilbek Abdumajidovga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. Bu esa qizil kartochka. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

85. ZARBAA. Kerim Palichning zarbasi noaniq ketdi.

84. O'ZGARISH. "Metallurg", SHahzod Nematjonov o'rniga Abror Toshqo'ziev tushdi. 

78. O'ZGARISH. "Olimpik", Rian Islamov o'rniga Abdulaziz Abdusalomov tushdi.

72. "Metallurg"ning chap qanotdan tashkil qilgan hujumi samarasiz tugadi. 

68. O'ZGARISH. "Olimpik", Muhsin Bazarov o'rniga Samandar Qodirov tushdi. 

66. "Metallurg" ikkinchi bo'limda o'yin tempini tushirib yubordi.

64. "Olimpik"ning hujumi keskin chiqdi. Lekin o'yindan tashqari holat bor ekan.

63. "Metallurg" darahol javob hujumini qildi. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng darvozabon qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi. 

62. Havo sovuq, lekin o'yin qaynoq ruhda o'tmoqda. 

60. GOL. "Olimpik" uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Rian Islamov "Metallurg" himoyachilarining etiborsizligidan foydalanib gol urdi. Uchrashuvga intriga qaytdi. 

57. "Metallurg"ning kombinacion hujumiga yakun yasalmadi. 

55. O'ZGARISH. "Metallurg", Marko Milichkovich o'rniga Sirojiddin Qo'ziev tushdi.

53. "Olimpik" vaziyatni o'zgartirish uchun harakat qilmoqda. Barchasi samarasiz.

46. O'ZGARISH. "Olimpik", Ulug'bek SHaripov o'rniga Anvarjon Alijonov, Mirkomil Abdurazzoqov o'rniga Muhammadbobur Mo'ydinov tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 



Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

38. OGOHLANTIRISH. "Olimpik" futbolchisi Maqsudxo'ja Aloxo'jaev Odilbek Abdumajidovga sariq kartochka ko'rsatdi. 

37. "Olimpik"ning o'yindagi kam sonlik hujumlaridan biri xavfli tus oldi. Muhsin Bazarov Kucherenkoning xatosidan so'ng to'pni olib qo'yib oldinga o'tdi. Yakuniy zarba golga aylanmadi. 

35. "Metallurg" futbolchisiga nisbatan "Olimpik" azolari jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatgandi. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

31. GOL. "Metallurg" o'yindagi ikkinchi golni urdi. Barchasi osongina kechdi. O'rinboevning ohista uzatmasini Nematjonov darvozaga burib yubordi. 

26. OGOHLANTIRISH. "Metallurg" himoyachisi Odilbek Abdumajidov ogohlantirildi. 

16. "Olimpik"ning hujumlari keskin tus olmayapti. "Metallurg" himoyasi ishonchli harakat qilmoqda. 

12. Ustunlik to'liq Bekobodliklar tomonida. 

11. GOL. "Metallurg" uchrashuvda hisobni ochdi. Bekobodliklar hujumchisi Zabihillo O'rinboev Nematjonovdan to'pni qabul qilib olib aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 

4. ZARBAA. "Metallurg" o'yindagi ilk xavfli vaziyatni yaratdi. Daler SHaripovning jarima maydonchasi ichiga kirib bergan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi 

3. Ulug'bek SHaripovning raqib darvozasiga tomon tepib ko'rgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.

1. Bu yilgi mavsumda bu jamoalar 2 bor to'qnash kelishdi. "Metallurg" - "Olimpik" 1:4, "Olimpik" - "Metallurg" 1:1

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика