Otabek SHukurov: "Hindistonga qarshi o'yindagi g'alabadan katta narsa yasash kerakmas. Haqiqiy kuchimiz Avstraliya bilan uchrashuvda bilinadi"
19 jan 2024 02:14
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Hindistonga qarshi o'yindagi g'alabadan katta narsa yasash kerakmas. Haqiqiy kuchimiz Avstraliya bilan uchrashuvda bilinadi"
"Avvalambor, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bunday jamoalarga qarshi tezkor gol juda muhim sanaladi. Buni uddaladik, shu bois raqib ochish o'yin namoyish etishga majbur bo'ldi. Lekin bundan katta narsa yasash kerak emas. O'yindan o'yinga kuchayib borishga harakat qilamiz.
Avstraliya juda yaxshi jamoa hisoblanadi. Ular qitada o'z o'rniga ega. Bizning haqiqiy kuchimiz Avstraliyaga qarshi o'yinda bilinadi. SHu bois, bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz va munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz.
Tarkibda jiddiy yo'qotishlar bo'ldi. Biroq o'yindan o'yinga kuchaysak, bu biz uchun ham foydali bo'ladi. Bugun yigitlar o'yin tomonlama "ochildi". Guruhdan chiqib olsak, yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qilamiz", — dedi SHukurov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar