So’nggi yangiliklar

17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  0 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  2 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1

Otabek SHukurov: "Bosh murabbiyimiz o'yin vaqti telefon orqali ko'rsatma berib tursa kerak" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Bosh murabbiyimiz o'yin vaqti telefon orqali ko'rsatma berib tursa kerak"

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida "Kayserispor" klubi futbolchisi va terma jamoamiz etakchisi Otabek SHukurov Gonkongga qarshi kechadigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi




- Gonkongga qarshi kechgan g'alabani qo'lga kiritish qanchalik qiyin bo'ldi?

- Yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Safardagi o'yinlar har doim qiyin kechadi. Ikki kun oldin borib, u erdagi iqlim va sharoitga ko'nikishingiz kerak. Kamchiliklar esa hamma erda bor. Gonkongga qarshi o'lchami kichik maydonda o'ynadik. Bu oson emas. Biroq hozir saralash bosqichida faqat g'alaba qozonishimiz kerak. Uch ochko bilan qaytdik. Kecha esa ertangi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik.

- Srechko Katanecning yo'qligi jamoaga qanchalik tasir qilishi mumkin?

- Murabbiy o'rni katta, ammo vaziyatdan kelib chiqib ishlashda davom etishimiz kerak. Bosh murabbiyning yordamchilari bor. Futbolchilar bilan birga murabbiy uchun ikki hissa o'ynaymiz. Menimcha bosh murabbiy o'yin davomida telefon orqali ko'rsatmalar berib tursa kerak.

- Gonkong terma jamoasining ustunlik tomonlari haqida gapirib o'tsangiz?

Gonkong terma jamoasi asosan mahalliylashtirilgan futbolchilar bilan o'ynar ekan. SHuningdek, hujum davomida 4-5ta futbolchi qo'rqmay hujumga qo'shilishar ekan. Bu bir tomonlama bizga ustunlik beradi. Gonkongdagi uchrashuvda noqulay sharoitli stadion tanlanganidan xabaringiz bor.

- Ertangi uchrashuvda muxlislarning qo'llab quvvatlashi qanchalik muhim?

- Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislarning qo'llab quvvatlashi esa juda muhim, sababi terma jamoa vatan uchun o'ynaydi.





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика