So’nggi yangiliklar

21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  0 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  33 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

Otabek Narzullaev: “Dinamo”ning taklifi men uchun qiziqarli tuyuldi” Yangiliklar

Otabek Narzullaev: “Dinamo”ning taklifi men uchun qiziqarli tuyuldi”

So'nggi yillarni “SHo'rtan” jamoasida o'tkazib kelayotgan Otabek Narzullaev kuni-kecha g'uzorliklar bilan xayrlashdi.

Tajribali futbolchi keyingi faoliyatini “Dinamo”da davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda Narzullaevning o'zi bilan suhbatlashganimizda, quyidagilarni takidladi.

- “SHo'rtan” bilan xayrlashganim rost. Jamoani o'z ixtiyorim bilan tark etdim. CHunki “Dinamo”dan chorlov bo'ldi va bu men uchun qiziqarli tuyuldi. Samarqandliklar ustozi Davron aka Fayziev bilan munosabatlarimiz yaxshi. U kishi menga ishonch bildirib, jamoasida ko'rishni istayotganini bildirdi. Qolavaersa “Dinamo”dagi sharoitlar ijobiy tomonga o'zgargan. Jamoaning oldiga aniq vazifa qo'yilgan. Yani mavsumning qolgan qismida Superliga yo'llanmasi uchun kurashamiz. To'g'ri, bu borada imkoniyatlarimiz u qadar zo'r emas. Lekin har bir uchrashuvda g'alaba uchun chiqamiz.

- “SHo'rtan”ni oldiga yil boshida kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Ammo shunga monand sharoit yaratib berilmagach, natijalar ham o'xshamadi. Yashirishni keragi yo'q, malum muddat oylik maoshlarni olmasdan yurdik. Yaqinda moliyaviy masalalar ijobiy tomonga hal bo'la boshladi. Rahbariyat yaqin orada men bilan ham to'liq hisob-kitob qilishlarini bildirdi. G'uzor jamoasidagi faoliyatimdan nolimayman. U erda o'zimni har doim erkin his qilganman. Hech qanday muammoga duch kelmadim. SHuning uchun ular bilan do'stona ravishda xayrlashib, nasib qilsa keyinchalik ham birga hamkorlik qilishimiz mumkinligini bildirdim.

- Imidjimni o'zgartirganimning boisi – yaqinda o'z maydonimizda qaysidir o'yindan oldin yigitlar bilan o'zaro bahslashdik. Yani o'sha o'yinda gol uraman va “SHo'rtan” g'alaba qozonadi deb vada bergandim. Aks xolda sochimni butunlay oldirib yuborishga rozi ekanligimni bildirdim. Voqealar rivoji men uchun salbiy ko'rinish oldi. SHu bois sochimni butunlay oldirib yuborishga majbur bo'ldim (kuladi) – deydi Otabek Narzullaev.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика