So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Otabek G'ulomxo'jaev: "Yoshlar bilan ham yaxshi o'rinlarni egallashga harakat qilamiz. Xavotirga o'rin yo'q, keyingi yil muxlislar boshqacha "Andijon"ni ko'rishadi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Yoshlar bilan ham yaxshi o'rinlarni egallashga harakat qilamiz. Xavotirga o'rin yo'q, keyingi yil muxlislar boshqacha "Andijon"ni ko'rishadi"

Bir necha kun oldin saytimiz orqali "Andijon" bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaevning jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Ammo yakunda murabbiy klub bilan yangi kelishuvga erishdi va shartnomasini uzaytirdi.

Xo'sh, navbatdagi mavsum rejalari ishlab chiqildimi? Tarkibdagi futbolchilarning jamoani tark etayotgani xavotirga solmayaptimi? SHu va boshqa bir qator savollarga javob olish maqsadida Otabek G'ulomxo'jaevni suhbatga chorladik.

- "Andijon"ni Superligada olib qolish qanday bo'ldi? CHunki, jamoani qiyin holatda qabul qilib oldingiz, bunday pallada hech bir murabbiyga oson emas. Hattoki jamoaning imkoniyatlaridan kelib chiqib elitada qolishiga ishonmaganlar ham topildi...

- To'g'risi bu osonlikcha amalga oshmadi. Turnir jadvalida so'nggi o'rinlarni egallagan jamoalar ochko tomondan bir-biriga juda yaqin edi. Qolgan to'rtta turda kuchli va nomdor raqiblar bilan kuch sinashdik. SHuning hisobiga juda qiynaldik. "Andijon"ni qabul qilib olishdan oldin o'yladim, buni avvalgi intervyularimda ham aytib o'tganman. Axir jamoani kimdir qiyin holatdan olib chiqib ketishi kerak edi-ku. Biz murabbiylar shtabi shunga jazm qildik. Takidlaganimdek raqiblarimiz biz uchun cho'qqi bo'ldi. Mana shu cho'qqidan o'tib olsak maqsadimizga erishardik. Xudoga shukur jamoani Superligada olib qolishni uddasidan chiqdik. Barchasi o'tish o'yinida hal bo'ldi, pley-offda "Neftchi"dan ustun keldik. Ushbu uchrashuvdan oldin "Neftchi" tarkibida yo'qotishlar bor edi, futbolchilari ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Lekin hamma narsaga oydinlik kiritiladigan bitta o'yinga futbolchilarim borini berishini bilardim. O'zimga ham har xil qo'ng'iroqlar kelib tushdi, "Andijon" uchun Superliga kerak emas, jamoa Pro ligaga tushib ketadi, o'yinni "Neftchi"ga berib yuboradi degan gaplarni eshitdim. Bunday gaplarga etibor bermasdan o'z ishimizni qilishda davom etdik. "Nasaf" bilan kubok bahsida yoshartirilgan tarkibni tushirdik, bir nechta futbolchilar debyut qilishdi. "Neftchi" bilan bahsda ham ularga qo'rqmasdan imkoniyat berdik. Yigitlar ishonchni oqlashdi va yuzimizni yorug' qilishdi. Gol o'tkazib yuborishgach tartibni saqlab qolishdi va vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Bu o'ziga xos hayot va mamot jangi bo'ldi.

- Qisqa vaqt ichida futbolchilarni ruhiy "chuqurlik"dan olib chiqib ketishda qanday usullardan foydalandingiz? Faoliyatingizda va tajribangizda avval ham bunday holatga duch kelganmisiz?

- Jamoada 14 nafar futbolchi qolgandi. Qo'l ostimdagi yigitlarning hech kimdan kam joyi yo'q. Faqat ketma-ket mag'lubiyatlar sabab g'alaba qozona olmaymiz degan narsa ularning ongiga singib qolgandi. Futbolchilar avvalgi rahbariyat davrida pullarini vaqtida olishmagan. Lekin mana yangi rahbariyat o'sha o'yini kunini o'zida mukofot pullarini olishdi. Menimcha "Mashal" bilan o'yindan so'ng futbolchilar g'alaba qozona olishlariga ishonishdi. AGMK bilan o'yinda murabbiy sifatida ochiq futbol taklif qilganim, himoyaviy o'yin qilmaganim xatoyim bo'ldi deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" bilan bahsda omadimiz kelmadi, "Paxtakor"dek chempion jamoaga munosib qarshilik ko'rsata oldik. "Nasaf" bilan o'yin biz uchun o'tish uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Mazkur bellashuvda harakatlarimiz o'xshadi, himoyadan hujumga o'tishda futbolchilar aniq harakat qilishdi. CHiziqlar o'rtasidagi bog'lamlar ham yomon chiqmadi. Qisqa muddat ichida qilgan mehnatlarimizni ko'radigan o'yin hisoblanardi. Mana shunday masuliyatli o'yinlarga ruhiy tayyorgarlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi bosim ham bor edi. SHunga qaramasdan ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishdi. 

- Siz kelguningizga qadar jamoaning o'yinida qanday kamchiliklarni ko'ra oldingiz va aynan qaysi kamchilik ustida ishlash orqali xatolar to'g'rilandi?

- Ko'proq futbolchilarning jismoniy holatiga etibor qaratdik. Jamoaga kelganimizda ikki hafta vaqtimiz qolgandi. Mana shu vaqt ichida jismoniy holatni optimal ko'rinishga keltirib olishga harakat qildik. Himoyadagi kamchiliklarni ko'rib chiqdik, jamoaning o'sha vaqtdagi holatida himoyada xato qilishga haqqi yo'q edi. Tartibli himoya va gol o'tkazib yubormaslik bir ochko bor deganidir. Avvalo himoyani to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qildik, chunki hujum qilaverganimiz bilan oxirgi nuqtani qo'yishga qiynaldik. Hujum qilganingiz bilan himoya tartibsiz bo'lsa foydasi yo'q. Ikkinchi jihat to'psiz qanday o'ynash kerak ekanligini o'rgatdik. Men shuni bir nechta yigitlarda ko'rmadim. Yani to'psiz o'ynashni ayrimlari bilishmasdi. Vaqtimiz qisqaligiga qaramasdan futbolchilarga maksimal darajada nimanidir etkaza oldik.

- Jamoa elitada olib qolindi. Vazifa bajarildi. Rahbariyat bilan kelasi mavsum rejalarini gaplashib oldingizmi? Eshitishimizga qaraganda sizga Superliganing ikki klubidan taklif bo'lgan ekan...

- Ha, vazifani bajardik. Bu bilan muxlislarni va butun Andijon xalqini tabriklayman. Quvonchiga sherikman. Rahbariyat bilan gaplashib oldim va bir yillik shartnoma imzoladim. To'g'ri Superliganing ikki klubidan qiziqish bo'lgani rost. Qaysi klubligini aytmoqchi emasman. Ularni qiziqishini hurmat qilaman. Lekin jamoani qiyin holatda tashlab ketmayman deb so'z berganman. Klub rahbarlari bilan yangi tizm va strategiya ishlab chiqdik. Niyatlarimiz ulkan.

- “Andijon”ni ko'plab futbolchilar tark etayotgani muxlislarni tashvishga solmoqda. Agar tarkib yanada yoshartirilsa jamoa Superligada qaysi o'rinlar uchun kurashadi?

- Muxlislarni ishontirib aytamanki, xavotirga o'rin yo'q. Ha, jamoani ko'plab futbolchilar tark etmoqda. Aksariyatini shartnomasi yakunlangan. Ularning shartnomasini esa eski rahbariyat tuzgan. SHuningdek futbolchilar yil davomida oladigan summasiga, bu narxga olib qolishni rahbariyat bilan kelishib xohlamadik. Boz ustiga klub uchun transfer taqiqi qo'yilgan. Buning sababiga jiddiy qiziqmadim. Avvalgi rahbariyatdan qolgan legionerlar bilan bog'liq qarzdorliklar to'lanishi kerak. Yangi mavsumga mo'ljallangan smetadan tashqari harajatlar ham bor. Futbolchilar ketayotganini rahbariyatga aytdim, o'sha “Bunyodkor”, “Paxtakor” akademiyasidagi futbolchilar Andijonda ham ko'p. Muxlislar havotir olishmasin yoshlarni atrofida 4-5ta tajribali ijrochilarni olgan holda jamoani shakllantiramiz. Yoshlarning salohiyati bor, sekin asta o'sha darajaga olib chiqamiz. Rahbariyatning ham maqsadi shunday asosiy jamoa, o'rinbosarlar jamoasi, birinchi liga jamoasi klub nazoratida bo'ladi. Yaxshi saviyadagi murabbiylar ishlashadi. Masalan, SHo'rbuloqda maqtashga arzigulik akademiya bor. Bu yil shu akademiyaning turli yosh toifasidagi guruxlari turnirlarda faxriy o'rinlarni egallashdi. Mana “Nasaf” o'zining tarbiyalanuvchilari bilan sovrinli o'rinni egalladi. Biz ham qiyin holatdan chiqib olsak yildan yilga andijonlik yigitlar bilan hamjihatlikda o'sib boramiz. Xudo xohlasa muxlislar keyingi yil boshqacha "Andijon"ni ko'rishadi.

- Klubning moliyaviy imkoniyati qanday?

- Moliyaviy imkoniyatlarimiz yomon emas. Faqat oldimizdagi to'siq eski rahbariyatdan qolib ketgan qarzdorliklar. Klubimiz vice-prezidenti Juratbek aka bir necha oydan beri o'sha qarzdorliklarni to'lamoqda. Raqamlarda ifodalash qiyin. SHu insonlarga rahmat aytish kerakki, eslasangiz mavsum o'rtasida “Andijon” Superligada o'ynamaydi degan xabar chiqqandi. SHu holatda hozirgi klub rahbari qaysidir manoda “jarlik”dan olib chiqib ketdi. Juratbek aka ham yosh rahbarlardan, qolaversa men ham yosh murabbiyman. Bosh direktorimiz ham yosh rahbar. Yigitlarga ishonamiz, muxlislar ham bizga ishonishlarini istayman. Kecha prezidentimiz ham bejizga keyingi yilni “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlamadilar. Imkon, undan so'ng ishonch, ishonch bildirilgach uni oqlashimiz kerak.

- Klubning strategiyasi o'zgarganini aytdingiz. Yoshlarga tayaniladigan bo'lsa natija qanday ko'rinish olishi mumkin? Hozirgi kunda natijaga qarab murabbiyning ishiga baho berilmoqda...

- Ha, yuqorida aytganimdek “Andijon”ning strategiyasi o'zgardi. Yoshlarga etibor qaratamiz. Akademiyadan ham bir nechta futbolchilarni taklif qilganmiz. Ularga tayanamiz va ishonamiz. Yoshlardan nimadir chiqarishga harakat qilamiz va shu orqali o'z ishimizga baho beramiz. Ha, tayyor futbolchi bilan ishlash hammaga ham yoqadi. Lekin biz mana shu yosh yigitlarni katta futbolchi darajasiga olib chiqmoqchimiz. SHunda o'zimizning ishimiz ko'zga ko'rinadi. Garchi jamoani Superligada saqlab qolgan bo'lsamda menga baho beringlar demoqchi emasman. Keyingi mavsumda yoshlar bilan yaxshi jamoa shakllantirganimda muxlislar, xalq baho berishi mumkin.

- Bilishimizcha yangi mavsum fevral oyining oxirlarida boshlanadi. Jamoa qachondan tayyorgarlikni boshlaydi? Noyabr oyida agar “Andijon” Superligada qolsa xorijda yig'in o'tkazishi mumkinligi haqida malumotlar tarqalgan edi...

- 4 yanvar sanasidan birinchi yig'inga kirishamiz. Tayyorgarlikning ikkita bosqichini Andijonda o'tkazamiz. Uchinchi hal qiluvchi bosqich Toshkentda olib boriladi. Superligada yoshlar bilan jon saqlab qolish uchun kurashmaymiz. Buni darhol aytaman. Xorijda yig'in o'tkazishimiz rejalashtirilgan edi. U payt yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mart oyida O'zbekistonda o'tishi aniq bo'lgandi. Bizning hisobimiz bo'yicha Superliga kechroq boshlansa oldimizda vaqtimiz ko'proq qolardi. Qolgan vaqtdan foydalanib xorijga chiqishimiz ko'zda tutilgandi. Lekin Osiyo chempionati qoldirildi, mavsum esa 24, 25 fevral kuni boshlanishi mumkin. Agar jamoa o'zagi saqlanib qolinganda biz xorij yig'inini ko'rib chiqardik. Tarkibning o'zagini shakllantirish maqsadida ko'plab futbolchilarni ko'rikdan o'tkazamiz. Moliyaviy holatimiz bunga to'sqinlik qilmaydi, Toshkentda yig'in o'tkazsak malum bir mablag'ni tejagan bo'lamiz, tejalgan pullarni esa qarzdorliklarni yopishga sarflasak maqsadga muvofiq bo'ladi.

- Bu yil “Andijon” jamoasida katta hajmdagi ishni bajargan va mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Doniyor Abdumannopovga Superliganing bir qator klublaridan takliflar bo'layotgan ekan, shuningdek Farhod Sohibjonovning o'yini qo'l ostingizda yanada ochildi...

- Farhod Sohibjonov kelgunimga qadar o'rinbosarlar jamoasida to'p tepgan, shuningdek yoshlar terma jamoasida ishlaganimda ham uni yig'inlarga jalb qilar edim. Salohiyatini va nimalarga qodirligini bilardim. Agar yutuqlardan havolanib ketmasdan shu zayilda davom etsa o'yini bundan ham yaxshilanadi. Doniyor Abdumannopovni esa “Bunyodkor”ga SHo'rbuloqdagi akademiyadan taklif qilganman, o'smirlar terma jamoasida etakchilardan biri bo'lgan. Unga Superliga jamoalari va xorij klublaridan qiziqish mavjud. Rahbariyat uni olib qolishga harakat qilmoqda. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика