So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Osiyoning amaldagi chempioni Qatar 27 kishilik ro'yxatni elon qildi. OK-2019ni "yondirgan" Afif va Ali tarkibda Yangiliklar

Osiyoning amaldagi chempioni Qatar 27 kishilik ro'yxatni elon qildi. OK-2019ni "yondirgan" Afif va Ali tarkibda

Osiyo qitasi terma jamoalari asta sekin Osiyo Kubogi uchun qaydnomasini elon qilmoqda.

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Markes Lopes OK uchun 27 kishilik kengaytirilgan ro'yxatni elon qildi. Qaydnomadagi barcha futbolchilar Qatar Yulduzlar ligasida to'p tepishadi. Osiyo Kubogi-2019ning asosiy yulduzlariga aylangan Akram Afif hamda Almoez Ali ham kutilganidek tarkibda bor.

Qatar terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun kengaytirilgan ro'yxati:

Darvozabonlar: Meshal Barsham ("Al Sadd"), Saad Al SHib ("Al Sadd"), Salah Zakariya ("Al Duhayl").

Himoyachilar: Saud Al Xater ("Al Vakra"), Almahdi Ali ("Al Vakra"), Bassam Al Ravi ("Al Rayyan"), Bualem Xuxi ("Al Sadd"), Humam Al Amin ("Al Garafa"), Lukas Mendes ("Al Vakra"), Pedro Migel ("Al Sadd"), Sultan Al Brik ("Al Duhayl"), Toriq Salmon ("Al Sadd").

Yarim himoyachilar: Abdulaziz Hatem ("Al Rayyan"), Ahmed Fathi ("Al Arabi"), Ali Assad ("Al Sadd"), Hassan Al Haydos ("Al Sadd"), Jassim Jaber ("Al Arabi"), Muhammad Vaad ("Al Sadd"), Mustafa Toriq ("Al Sadd"), Osama Al Tairi ("Al Rayyan"), Ahmed Al Janahi ("Al Garafa"), Ahmed Alaa ("Al Garafa").

Hujumchilar: Akram Afif ("Al Sadd"), Almoez Ali ("Al Duhayl"), Muhammad Muntari ("Al Duhayl"), Holid Munir ("Al Vakra"), Yussuf Abdulrazaq ("Al Sadd").


Qatar terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasi tez orada elon qilinadi. Jamoalar musobaqadagi dastlabki o'yini boshlanishiga 6 soat vaqt qolgunga qadar qaydnomaga o'zgartirish kirita oladi (kutilmagandagi ehtimoliy jarohat sabab).

Malumot uchun, Qatar terma jamoasi Osiyoning amaldagi chempioni hisoblanadi. BAA mezbonlik qilgan 2019 yilgi OKda qatarliklar Feliks Sanches boshchiligida furor ko'tarishgan edi.


Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar aynan Qatarda bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика