Osiyolik o'yinchi "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi
02 jan 2024 13:50
Yangiliklar
Osiyolik o'yinchi "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi
Himoyachi Takexiro Tomiyasu Londonning "Arsenal" klubi bilan yangi mehnat shartnoma imzolashga yaqin.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, o'yinchi va klub muzokaralar bosqichining yakuniy bosqichida turishibdi. Bu maosh oshishi bilan uzoq muddatli shartnoma bo'ladi.
Takexiro 2021 yildan beri "kanonirlar" safida o'ynaydi. 25 yoshli himoyachi joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar