So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  12 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  124

Osiyo o'yinlari. Janubiy Koreya 5-bor g'olib! Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. Janubiy Koreya 5-bor g'olib!

Bugun Osiyo o'yinlarida sportning futbol turi bo'yicha musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final bahsida kurash olib borgan Janubiy Koreya finaldagi raqibi Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHunday qilib koreyaliklar o'z tarixlarida beshinchi bor Osiyo o'yinlari g'olibiga aylanishdi.

Malumot uchun, Janubiy Koreya bu yilgi musobaqani ham qo'shib hisoblaganda 8-marta finalda o'ynadi va shundan beshtasida g'alabaga erishdi. SHuni aytish lozim, 1970 va 1978 yilgi musobaqalar finalida Janubiy Koreya Burma va KXDR bilan durang qayd etgan, biroq tashkilotchilar tomonidan har ikki jamoa g'olib deb topilib oltin medallar topshirilgan.

Bundan to'rt yil oldin Inchonda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham g'oliblik Janubiy Koreyaga nasib etgandi. Koreyslar yon qo'shnilari KXDRni 1:0 hisobida mag'lub etishgandi. Bu gal esa Yaponiya 2:1 hisobida dog'da qoldirildi. 1954, 1958 va 1962 yilgi musobaqalarda esa Janubiy Koreya ketma-ket uch marta finalda o'ynab, uchalasida ham g'olib bo'la olmagan.

Quyida Janubiy Koreya terma jamoasining Osiyo o'yinlarida chempion bo'lgan o'yinlarini keltirib o'tamiz.

1970 yil. Bangkok, Tailand
Final: 
Janubiy Koreya - Burma 0:0 (2ta birinchi o'rin)

1978 yil. Bangkok, Tailand
Final: 
KXDR – Janubiy Koreya 0:0 (2ta birinchi o'rin)

1986 yil. Seul, J.Koreya
Final: 
Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni 2:0

2014 yil. Inchon, J.Koreya
Final: 
Janubiy Koreya - KXDR 1:0

2018 yil. Jakarta, Indoneziya
Final: 
Janubiy Koreya - Yaponiya 2:1

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика