Osiyo Kubogi. O'zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqarib borishadi
28 jan 2024 12:52
Yangiliklar
Osiyo Kubogi. O'zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqarib borishadi
Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Tailand o'yinini malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif SHamil yordam berishsa, zaxira hakami sifatida Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi. SHuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Omar Muhammad Ahmad (BAA) bajarsa, AVAR sifatida saudiyalik Xolid Solih Alturais ishlashi ko'zda tutilgan.
Malumot uchun, Nazmi Nasaruddin joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to'g'ri keladi. Etiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 3 ta turida o'zbek klublari ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilgan. U turnirning 2-turida “Navbahor” – “Mumbai Siti” (Hindiston), 4-turida “Ahal” (Turkmaniston) – “Paxtakor” hamda 6-tur doirasidagi “Mumbai Siti” (Hindiston) – “Navbahor” uchrashuvlarini boshqargan. Ushbu bahslar davomida u cho'ntagidan jami 32 marta sariq kartochka, 4 bor qizil kartochka chiqargan va 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.
Osiyo Kubogi-2023 1/8 final
30.01.2024 | 16:30 (O'zbekiston vaqti)
O'ZBEKISTON – TAILAND
“Al-Janub” stadioni, Al-Vukair shahri
Bosh hakam: Nazmi Nasaruddin (Malayziya)
Qanot hakamlari: Muhammad Zairul, Arif SHamil (ikkalasi Malayziya)
Zaxira hakami: Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf (Ummon)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar