So’nggi yangiliklar

08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  29

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya - Filippin. O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya - Filippin. O'yindan oldingi matbuot anjumani

Bugun "C" guruhi jamoalari 1-tur bahslarini o'tkazishadi.

Janubiy Koreya terma jamoasi dastlabki turda Filippin bilan bellashadi. Dubaydagi "Al Maktum" stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida Filippin bosh murabbiyi Sven-Goran Eriksson quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Filippin uchun bunday turnirda oson raqibning o'zi yo'q. Biz ilk uchrashuvni Osiyo Kubogi favoritlaridan biriga qarshi o'tkazamiz. Ammo futbolda syurprizlar ham ro'y berib turadi. Filippin bungacha ushbu musobaqa qatnashmagan, shunday ekan bu erga kelishning o'ziyoq biz uchun katta bayram. Janubiy Koreya o'z tarixida 14-marta Osiyo Kubogida ishtirok etadi. Bunday jamoaga qarshi o'ynar ekansan, raqibni har tomonlama o'rganishga harakat qilasan. O'ylaymanki, biz Janubiy Koreyani yaxshi o'rgandik. Ularning kuchli-kuchsiz jihatlarini bilamiz. Qog'ozda koreyaliklar kuchli, bunga shubha yo'q, lekin hammasi maydonda hal bo'ladi".

O'z navbatida Janubiy Koreya termasi ustozi Paulu Bentuning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

"Biz har bir raqibga alohida hurmat bilan yondoshamiz. Mepn terma jamoaga kelganimdan beri doim futbolchilarga shuni uqtirib kelyapman. Agar o'yin oson bo'ladi deb o'ylasak, xato qilgan bo'lamiz. Futbolda eng katta xato bu raqibni mensimaslik. Men uchun har doim navbatdagi o'yin muhim, bitta o'yinni o'tkazib olgach, undan keyingisini o'ylayman. Filippin ko'pincha ikki xil taktikadan foydalanishini bilamiz. Lekin ularning eng kuchli tomoni qarshi hujumlarda ancha tezkor harakat qilishida".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика