So’nggi yangiliklar

19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  0 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  2 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  36 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0

Osiyo Kubogi-2031 mezbonligi uchun O'zbekistonga yangi raqobatchi paydo bo'ldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2031 mezbonligi uchun O'zbekistonga yangi raqobatchi paydo bo'ldi

Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari turnirni qabul qilish uchun qo'shma ariza topshirgandi.

Osiyo futbol konfederaciyasi 2031 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun nomzodlarning yangilangan ro'yxatini taqdim etdi.

Unga ko'ra, Hindiston futbol federaciyasi ham turnir mezbonligi uchun ariza topshirgan.

Eslatib o'tamiz, qitaning eng nufuzli turnirini qabul qilish uchun Koreya Respublikasi, Indoneziya, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstraliya hamda O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi qo'shma nomzodlari tomonidan taklif yuborilgan.

Osiyo futbol konfederaciyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo'mitasining 6-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Osiyo futbol konfederaciyasi 2031 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun ettita nomzoddan ariza kelib tushgani elon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich, deya baholadi.

"Kelib tushgan rekord darajadagi arizalar — bu turnirning nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. OFK Ijroiya qo'mitasi nomidan barcha azo associaciyalarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman", – dedi OFK prezidenti.

Endilikda OFK nomzod associaciyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика