So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Osiyo kubogi-2023. Qirg'iz Respublikasi va Saudiya Arabistoni ishtirokidagi uchrashuvlar prevyusi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Qirg'iz Respublikasi va Saudiya Arabistoni ishtirokidagi uchrashuvlar prevyusi

Bugun Osiyo kubogi 1-tur bahslari yakuniga etadi.

Tailand — Qirg'iz Respublikasi

O'zaro o'yinlar

Ikki jamoa atigi bir marotaba — 2001 yilda to'qnash kelgan bo'lib, unda Tailand 3:1 hisobida zafar quchgan.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Tailand musobaqada jami 7 marotaba ishtirok etgan bo'lib, eng yaxshi natijasi 3-o'rin hisoblanadi (1972 yil).

Qirg'iz Respublikasi 2019 yilgi turnirda debyut qilgan va nimchorak finalga qadar etib borishni uddalagan.

Saralash bosqichi

Tailand 3-saralash bosqichida O'zbekiston, Maldiv orollari va SHri Lanka bilan bir guruhdan joy olib, yakunda 2-o'rinni egalladi.

Qirg'iz Respubilkasi xuddi shu bosqichda Tojikiston, Singapur va Myanma bilan to'qnash kelib, guruhda ikkinchi bo'ldi.

Turnirga tayyorgarlik

Tailand yanvar oyida Yaponiyadagi o'rtoqlik turnirida ishtirok etib, mezbonga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Qirg'iz Respublikasi to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazdi: dekabr oyida O'zbekiston (1:4) va BAA (0:1)ga yutqazgan qo'shnilarimiz yanvarda Suriya (1:1) va Vetnam (2:1)ga qarshi ishonchli o'yin o'tkazdi.


Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Tailand terma jamoasini 10 million evro, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasini esa 6.28 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Masatada Isii (Tailand bosh murabbiyi): "Tailand va Qatardagi yig'inda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va musobaqa uchun tayyorlagan strategiyamizga ishonamiz. 

Futbolchilar bor diqqat-etiborini turnirga qaratgan. Agarda Yaponiya–Vetnam uchrashuvini kuzatgan bo'lsangiz, Janubiy-SHarqiy Osiyo futboli darajasi yuqori ekanligiga guvoh bo'lishingiz mumkin. 

Biz raqibni tahlil qildik, ularda hujumda tezkor va mustahkam himoyaga ega. Raqibning kuchli va zaif tomonlaridan xabardormiz."

Stefan Tarkovich (Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi): "Osiyo kubogidek katta turnirning bir qismi bo'lish biz uchun sharaf. Qatar mamlakati bir yil oldin Jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. Biz o'zimizning eng yaxshi futbolimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 40 kunga yaqin bor kuchimiz bilan bu musobaqaga tayyorlandik. Endi o'z kuchimizni maydonda ko'rsatish vaqti keldi.

Tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Juda ko'p mashg'ulotlar, to'rtta nazorat uchrashuvi va hakazo. Bu davrda futbolchilarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Men ular tayyor ekanliklariga 100% aminman. Eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etamiz. 

Osiyo kubogida oson o'yin yo'q. G'alaba qozonishga harakat qilamiz. Nima kutayotganimga kelsak, albatta, biz keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz."

Qiziqarli faktlar

- Tailand Osiyo kubogi guruh bosqichidagi so'nggi 6 o'yinning faqat ikkitasida mag'lubiyatga uchragan (2 g'alaba, 2 durang), shu jumladan, so'nggi ikki uchrashuvda g'alaba va durang qayd etgan. Jamoa o'tgan musobaqada 1972 yildan beri ilk bor pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Imkoniyatlar (%): 30-35-35


Saudiya Arabistoni — O'mon

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa 1976 yildan beri 22 marta to'qnash kelgan bo'lib, ularning 16 tasida Saudiya Arabistoni g'alaba qozongan, 2 o'yinda esa O'monning qo'li baland kelgan, yana 4 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Osiyo kubogidagi ishtirok

Saudiya Arabistoni Osiyo kubogining uch karra g'olibi hisoblanib, oxirgi titulga 1996 yil ega chiqqan. 

O'mon qita birinchiligida to'rt marotaba ishtirok etgan va oxirgi musobaqada nimchorak finalda ortga qaytgan.

Saralash bosqichi

Saudiya Arabistoni va O'mon 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi raundiga yo'l olgani sababli avtomatik ravishda musobaqa ishtirokchisiga aylangandi.


Turnirga tayyorgarlik

Saudiya Arabistoni yanvar oyida Livan (1:0), Falastin (0:0) va Gongkong (2:0)ga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi.

O'mon esa Xitoy (2:0) va BAA (1:0)ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni terma jamoasini 23.15 million evro, O'mon terma jamoasini esa 9 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Roberto Manchini (Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi): "Biz yirik jamoalardan biri ekanligimizni bilamiz, lekin Osiyo kubogi juda muhim turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqada ko'plab kuchli terma jamoalar ishtirok etadi va biz qo'limizdan kelganini amalga oshirishni xohlaymiz. 

CHempionlikni qo'lga kiritishni istasak, kuchliroq bo'lishimiz kerak. Futbol g'alati narsa, turnir davomida ko'p narsalar o'zgarib ketishi mumkin. Italiya bosh murabbiyi bo'lgan paytim Evropa chempionatida bor-yo'g'i oltinchi favorit sanalardik, ammo yakunda chempionlikni qo'lga kiritdik."

Branko Ivanovich (O'mon bosh murabbiyi): "Bo'lajak uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. Bu erga katta ishtiyoq bilan tashrif buyurdik. 

Saudiya Arabistonining so'nggi o'yinlarini tahlil qildik, shuningdek, Manchining futbol falsafasi haqida tushunchalarini o'rgandik. Biroq biz raqibdan ko'ra har doim o'zimizga ko'proq etibor qaratamiz. Agar faqat raqibning yondashuviga qarab qoladigan bo'lsak, hech qachon natijaga erisha olmaymiz."

Qiziqarli faktlar

- Bo'lajak uchrashuv jamoalarning Osiyo kubogidagi dastlabki to'qnashuvi bo'ladi.

- O'mon Osiyo kubogidagi so'nggi to'rt o'yinning har birida kamida bitta to'p o'tkazib yuborgan.

- O'mon Osiyo kubogida to'rt ishtirokning birotasida dastlabki o'yinni g'alaba bilan boshlay olmagan (1 durang, 3 mag'lubiyat).


Imkoniyatlar (%): 45-30-25

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика