So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Osiyo kubogi-2019. Tomoshabin Ronaldo, "folbin" Xavi, jurnalistlar bilan kelishmaydigan Katanec hamda legionerlar bilan chempionlikka erishgan Qatar to'g'risida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-2019. Tomoshabin Ronaldo, "folbin" Xavi, jurnalistlar bilan kelishmaydigan Katanec hamda legionerlar bilan chempionlikka erishgan Qatar to'g'risida hikoya qilamiz

Musobaqa finalini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

17-Osiyo kubogi 5 yanvardan 1 fevralga qadar Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazildi. Mazkur turnirda ilk marotaba 24 jamoa ishtirok etdi. Qolaversa, chorak final bosqichidan boshlab ilk marotaba VAR tizimidan foydalanildi.

Mazkur turnir uchun Tomas Layt tomonidan yangi kubok ishlab chiqildi. Balandligi 78, kengligi 42 santimetrni tashkil etgan mazkur kubokda Osiyoning ramziy guli bo'lgan lotus guli aks ettirilgan.

Yaponiyada ishlab chiqarilgan "Molten" mahsuloti turnirning rasmiy to'piga aylandi.

Turnirni tomosha qilish uchun ko'pgina nufuzli mehmonlar taklif etilgan. SHu jumladan, braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo ham bir nechta o'yinlarni bevosita stadiondan kuzatgan.

O'zbekiston terma jamoasi saralash bahslarida SHimoliy Koreya, Filippin, Bahrayn va Yamanni ortda qoldirdi. Mazkur bosqichda terma jamoaga Mirjalol Qosimov va Samvel Babayan murabbiylik qilgan bo'lsa-da, final bosqichida argentinalik Ektor Kuper "oq burilar"ga ustozlik qildi.

"A" guruhida BAA, Tailand va Bahrayn keyingi bosqichga yo'l oldi, Hindiston esa guruhda qolib ketdi.

"B" guruhida esa kutilmaganda Iordaniya peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Arablar Avstraliyani mag'lub etib, ularni 2-o'ringa tushirib yubordi. Falastin va Suriya esa guruhda qolib ketdi.

"B" guruhidan o'rin olgan Avstraliya — Falastin o'rtasidagi o'yinda chiptaga ega bo'lgan ko'pgina ishqibozlar stadionga kira olmadi, chunki tashkilotchilar "tomoshabinlar xavfsizligini taminlash maqsadida" uchrashuv boshlanishidan oldin "Rashid" stadionining bir nechta darvozasini bekitdi. Tashkiliy qo'mita o'z bayonotida atigi 12 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion atrofida chiptaga ega muxlislar bilan bir qatorda chiptasiz ishqibozlar gavjum bo'lganini malum qildi va uzr so'radi.

"C" guruhida Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg'iz Respublikasi nimchorak finalga yo'l oldi, Filippin esa so'nggi o'rinni egalladi.

Turnir davomida Xitoy hukumatining tatuirovkaga taqiqa tufayli terma jamoaning aksariyat futbolchilari jazirama bo'lishiga qaramay, engli liboslarda harakat qilishdi.

"D" guruhida Eron, Iroq va Vetnam jamoalari 1/8 final masalasini hal qilgan bo'lsa, Yaman musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Yamanning turnirdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokida mahalliy aholi bosh aybdor sifatida mamlakat prezidentiga yaqin kishi bo'lgan futbol associaciyasi rahbari Ahmad Solih Al Issani ko'rsatib, ko'chalarda uni ketishini talab qilib noroziliklar bildirildi.

Turnir davomida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec hamda jurnalistlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Xususan, turnir avvalida Qatardagi mashg'ulotlar chog'ida murabbiy jurnalistlar bilan suhbatlashishdan bosh tortgan, uning o'rniga jamoa menejeri intervyu bergan.

Qolaversa, Eronga qarshi bellashuvdan avvalgi mashg'ulotlarga xorijlik jurnalistlar kiritilmagan va futbolchilarning intervyu berishiga ruxsat berilmagan.

"E" guruhida Qatar va Saudiya Arabistoni pley-off ishtirokchilariga aylandi. Livan va SHimoliy Koreya esa ortga qaytadigan bo'ldi.

Qatar va BAA o'rtasidagi diplomatik kelishmovchiliklar natijasida Qatar fuqarolarining turnir mezboni bo'lgan mamlakatga kirishi taqiqlangandi. 

Amirlik hukumati keyinchalik ruxsatsiz Qatar fuqarolariga mamlakatga vaqtincha kirishiga ruxsat berishini elon qilgan bo'lsa-da, Qatar fuqarosi, OFK vice-prezidenti va Osiyo Kubogi tashkiliy qo'mitasi raisi Saud al Mohannadi turnir boshlanishiga ikki kun qolganda BAAga kira olmagan.

Diplomatik nizolar ko'plab qatarlik muxlislarning BAAga borishiga to'sqinlik qildi. Bu Qatar o'yinlariga tashrif buyuruvchilar soniga tasir qildi, 13 yanvar kuni SHimoliy Koreya va Qatar o'rtasidagi to'qnashuvni 450 dan ortiq odam tomosha qilgan.

"F" guruhida Yaponiya peshqadamlikni qo'lga kiritdi. O'zbekiston terma jamoasi 2-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, O'mon 3-o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Turkmaniston esa turnirni tark etdi.

O'zbekiston terma jamoasi yakuniy tarkibi

Darvozabonlar: 1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), 12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf"), 21. O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912").

Himoyachilar: 2. Akmal SHorahmedov ("Paxtakor"), 3. Doston Tursunov ("Renofa Yamaguchi", Yaponiya), 4. Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), 5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), 6. Davron Hoshimov ("Navbahor"), 13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), 15. Egor Krimec ("Paxtakor"), 20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: 8. Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), 9. Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG", Xitoy), 16. Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), 17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya), 18. Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya), 19. Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), 22. Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912"), 23. Odil Hamrobekov ("Nasaf").

Hujumchilar: 7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv"), 10. Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), 11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), 14. Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya).

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ilk turda O'monni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Odil Ahmedov va Eldor SHomurodovning gollariga Al Gassani javob qaytardi. 

1-tur

O'ZBEKISTON - UMMON 2:1

SHarja shahri, "SHarja" stadioni. 

Hakamlar: Ko Xyung Jin, Yun Kvang Yol, Park Sang Jun (Janubiy Koreya)

Darvoza ortidagi hakamlar: Kim Dong Jin (J.Koreya), Dilan Perera (SHri Lanka)

Zaxira hakami: Mohd Yusri Muhammad (Malayziya)

Gollar: Odil Ahmedov 33, - 1:0. Muhsin Al Gassani 78, - 1:1. Eldor SHomurodov 85, - 2:1.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov, 15.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek SHukurov - 7.Sardor Rashidov (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov (8.Ikrom Aliboev, 79) - 10.Marat Bikmaev (14.Eldor SHomurodov, 82).

Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 6.Davron Hoshimov, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 16.Aziz Turg'unboev.

Ummon (4-2-3-1): 18.Fayz Al Rushaydi - 11.Saad Al Muhayni, 13.Halid Al Brayki, 2.Muhammad Al Musallami, 17.Ali Al Busaydi - 12.Ahmad Kanu, 23.Habib Al Sadi - 15.Jamell Al Yahmadi (9.Muhammad Al Gassani, 88), 10.Muhsin Al Xaldi, 6.Raed Solih - 7.Halid Al Hajri (16.Muhsin Al Gassani, 67).

Zaxira: 1.Ammar Al Rushaidi, 22.Ahmad Al Ravahi, 19.Mahmud Al Mushaifri, 3.Muhammad Faraj, 5.Muhammad Al SHiba, 20.Salah Al Yahyoi, 21.Mataz Solih, 14.Ali Al Jabri, 8.Yasin Al SHeyadi, 4.Muhammad Hasib, .

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov 29, Ignatiy Nesterov 58,

CHetlatish: Egor Krimec 90+2.


2-turda hamyurtlarimiz Turkmaniston darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi. Eldor SHomurodov dubl qayd etgan bo'lsa, Javohir Siddiqov va Jaloliddin Masharipov bittadan gol urishdi. 

2-tur

TURKMANISTON - O'ZBEKISTON 0:4

13 yanvar 2019. Dubay. "Rashid" stadioni. (21:00 Toshkent vaqti)

Bosh hakam: Ammar Al Junaybi (BAA)

Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)

Darvoza ortidagi hakamlar: Muhammad Abdulla Muhammad(BAA) va Turki Al Xudoyor (Saudiya Arabistoni)

Zaxira hakami: Muhammad Ala Bakri (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Javohir Sidiqov 17, Eldor SHomurodov 24, Jaloliddin Masharipov 40, Eldor SHomurodov 42

Turkmaniston (5-4-1): 1.Mammet Orazmuhammedov - 12.Serdar Annaorazov, 4.Mekan Saparov, 2.Zafar Babajanov, 5.Vezirgeldi Ilyasov, 6.Gurbangeldi Batirov - 8.Ruslan Mingazov, 21.Rasul Xo'jaev, 19.Ahmet Ataev (20.Murat Annaev, 44), 7.Arslonmurot Amanov - 9.Vohit Orazsahedov (17.Altimurot Annadurdiev, 46).

Zaxira: 16.Batir Babaev, 22.Nikita Gorbunov, 3.Guymurot Annagulliev, 10.Suleyman Muhadov, 11.Murat Yaxshiev, 13.Merdan Gurbanov, 14.Ilya Tamurkin, 15.Mixail Titov, 18.Serdar Geldiev, 23.Davron Orazaliev.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov (6.Davron Hoshimov, 46), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov (18.Fozil Musaev, 77), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov - 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 4.Farrux Sayfiev, 7.Sardor Rashidov, 8.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 23.Odil Hamrobekov, 16.Aziz Turg'unboev.

Ogohlantirishlar:  Anzur Ismoilov 71.


3-turda Yaponiya vakillarimizni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Eldor SHomurodovning goliga Muto va SHiotani javob qaytardi.

3-tur

YAPONIYA - O'ZBEKISTON 2:1

17 yanvar 2019. Al Ayn. "Halifa Bin Zayed" stadioni. (18:30 Toshkent vaqti)

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Muhammad (BAA)

Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)

Darvoza ortidagi hakamlar: Ammar Al Junaybi (BAA) va Ali Saboh Al Qaysi (Iroq)

Zaxira hakami: Xup Veyming (Xitoy)

Gollar: Eldor SHomurodov 40, - 0:1. Yoshinori Muto 43, - 1:1. Cukasa SHiotani 57, - 2:1.

Yaponiya (4-2-3-1): 23.Daniel SHmidt, 3.Sei Muroya, 20.Tomoaki Makino, 2.Genta Miura, 4.SHo Sasaki - 17.Toshixiro Aoyama, 18.Cukasa SHiotani - 14.Junya Ito, 11.Koya Kitagava (16.Takexiro Tomiyasu, 90+3), 10.Takashi Inui (8.Gengi Xaraguchi, 81) - 13.Yoshinori Muto (6.Vataru Endo, 85).

Zaxira: 1.Masaaki Xigashiguchi, 5.Yuto Nagatomo, 7.Gaku SHibasaki, 9.Takumi Minamino, 12.SHuichi Gonda, 15.Yuya Osako, 18.Tomiyasu Takexiro, 19.Xiroki Sakay, 21.Ritsu Doan, 22.Maya Yoshida

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 15.Egor Krimec, 4.Farruh Sayfiev - 18.Fozil Musaev (7.Sardor Rashidov, 76), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov (16.Azizbek Turg'unboev, 65), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev - 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 69).

Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 2.Akmal SHorahmedov, 13.Oleg Zoteev, 11.Jaloliddin Masharipov, 9.Odil Ahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 23.Odil Hamrobekov.

Ogohlantirishlar: Yoshinori Muto 33, Cukasa SHiotani 48, Farrux Sayfiev 69, Egori Krimec 72.


Turnirga uch nafar o'zbekistonlik bosh hakam — Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev, shuningdek, ikki nafar yordamchi hakam — Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov chaqirildi. 

Qolaversa, meksikalik Sezar Ramos ham bir qator o'yinlarni boshqardi. VARda esa italiyalik Paolo Valeri va niderlandiyalik Denni Makkeli faoliyat olib bordi.

Nimchorak final

Iordaniya 1:1 (p.2:4) Vetnam

Tailand 1:2 Xitoy

Eron 2:0 O'mon

Yaponiya 1:0 Saudiya Arabistoni

Avstraliya 0:0 (p.4:2) O'zbekiston

BAA 3:2 Qirg'iz Respublikasi

Janubiy Koreya 2:1 Bahrayn

Qatar 1:0 Iroq

Avstraliya O'zbekiston uchrashuvining asosiy va qo'shimcha bo'limlari 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa sariq qita vakillari 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Islom To'xtaxo'jaev va Marat Bikmaev 11 metrli nuqtadan darvozani ishg'ol qila olmagandi. 

Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final

AVSTRALIYA - O'ZBEKISTON 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)

21 yanvar 2019. Al-Ayn. "Xalifa bin Zayd" stadioni.

Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim (Qatar)

Qanot hakamlari: Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh (ikkisi Qatar)

Darvoza ortidagi hakamlar: Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf (ikkisi Qatar).

Zaxira hakami: Deniya Gedara Palita (SHri-Lanka)

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)

Zaxira: 12.Mitchell Langerak, 18.Daniel Vukovich, 3.Aleks Gersbax, 6.Metyu Yurman, 11.Endryu Nabbut, 13.Jeyms Jeggo, 17.Mustafo Amini, 19.Josh Risdon

O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev (4.Farrux Sayfiev, 105) - 19.Otabek SHukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 73) - 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg'unboev, 107), 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 104).

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 21.O'tkir Yusupov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Doston Tursunov, 15.Egor Krimec, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 7.Sardor Rashidov.

Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 2, Tom Rogich 19, Aziz Bexich 25, Davron Hoshimov 47, Rayan Grant 109.


CHorak final

Vetnam 0:1 Yaponiya

Xitoy 0:3 Eron

Janubiy Koreya 0:1 Qatar

BAA 1:0 Avstraliya

Avstraliyaga qarshi o'yinda BAA bayrog'ini o'pgan iroqlik qiz ijtimoiy tarmoqlarda muhokamlarga sabab bo'ldi.

Keyinchalik Dubay hukmdori SHayx Muhammad bin Rashid Sara ismli qiz bilan uchrashib, unga o'z imzosi tushirilgan kitobini sovg'a qildi.

VIDEONI KO'RISH

Yarim final

Eron 0:3 Yaponiya

Qatar 4:0 BAA

Qatar va mezbon BAA o'rtasidagi yarim final o'yini chog'ida qatarliklar ikkinchi golni urishgach, bazi BAA ishqibozlari stadionga shisha buyumlar va poyabzal uloqtirgan. Uchinchi goldan keyin Salim al Hajriga oyoq kiyim uloqtirishgan. SHuningdek, uchrashuv avvalida Qatar madhiyasi yangrayotgan paytda mezbon muxlislar shovqin ko'tarishgan. Voqealarga qaramay, Qatar 4:0 hisobida g'alaba qozondi. OFK esa jarayon bo'yicha tekshiruv o'tkazishini malum qildi.

Qatarga mag'lub bo'lgach, BAA futbol associaciyasi Sudanda tug'ilgan Almoez Ali va Iroqda dunyoga kelgan Bassam al Ravining Qatar terma jamoasiga chaqirilganligi borasidagi etiroz bilan OFKga murojaat qildi. Sababi, FIFA reglamentiga binoan futbolchi boshqa davlat sharafini himoya qilishi uchun o'sha mamlakatda kamida 5 yil istiqomat qilishi talab etilardi. Etirozda esa Ali va Al Ravi besh yil bu mamlakatda doimiy yashamaganligi davo qilingan.

Biroq OFK Intizom va axloq qo'mitasi ushbu etirozni rad etdi. 

Umuman olganda, Qatar terma jamoasining 13 nafar futbolchisi boshqa mamlakatda tug'ilgandi.

Sudan (4 nafar): Almoez Ali, Hamid Ismoil, Abdulkarim Hasan, Abdulaziz Hotam;

Jazoir (2 nafar): Bualem Xuxi, Karim Budiaf;

Yaman (2 nafar): Akrom Afif, Ahmad Alovuddin;

Iroq: Bassam Al Raviy;

Mali: Assem Madibo;

Portugaliya: Pedro Karvalyu.

Finalda Qatar Yaponiyani mag'lub etib, o'z tarixida ilk marta qita chempionligini qo'lga kiritdi.

Yaponiya terma jamoasi finalda mag'lub bo'lganiga qaramay, o'zlari foydalangan kiyinish xonasini tozalab ketishdi.

Qayd etish joiz, musobaqaning hal qiluvchi o'yinini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borgan.

Final

Yaponiya - Qatar 1:3

Abu Dabi, "Zayed Sport Siti" stadioni.

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Jamshid Saidov, Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Ma Ning (Xitoy).

Video assistent hakam: Paolo Valeri (Italiya)

Video assistent hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)

Gollar: Minamino (69) - Almoez (12), Hatem (27), Akram Afif (83-penaltidan)

Yaponiya - 12.Gonda SHuichi, 5.Yuto Nagotomo, 16.Tomiyasu Takixiro, 19. Xiroki Sakai, 22.Maya Yoshida, 7.Gaku SHibasaki, 8.Genki Xaraguchi (Muto, 61), 9.Takumi Minamino (Inui, 89), 18. Tsukasa SHiotani, 21.Doan Ritsu, 15.Yuya Osako.

Qatar - 1.Saad Al SHeeb, 2.Pedro Korrea, 3.Abdel Karim Hassan, 4.Tarek Salman, 15.Bassam Al Rashi, 23.Assem Omer Madibo, 6.Abdelaziz Hatem, 16.Boualem Kuxi (Salem Al Hajri, 61), 10.Hassan Al Haydos, 11.Akram Afif, 19.Almoez Ali (7.Alaadin, 90)


Eng yaxshi futbolchi: Almoez Ali (Qatar);

Eng yaxshi to'purar: Almoez Ali (Qatar) — 9 ta gol;

Eng yaxshi darvozabon: Saad Al SHib (Qatar);

Feyr-pley: Yaponiya.

Musobaqaning ramziy jamoasi aniqlanmadi.

OFK Osiyo kubogi tarixida ilk marotaba ishtirokchi jamoalarga mukofot pullari taqdim etdi. Turnirning umumiy mukofot puli 14 800 000 AQSH dollarini tashkil etdi. CHempion 5 million AQSH dollari, ikkinchi o'rin egasi 3 million AQSH dollari va yarim finalchilar 1 million AQSH dollari qo'lga kiritdi. SHuningdek, barcha 24 ishtirokchi jamoa 200 000 AQSH dollariga ega bo'ldi.


"Al Jazira" nashri malumotlariga ko'ra, Qatar g'alaba qozongan final o'yini turizm taqiqi tufayli deyarli qatarlik muxlislarsiz o'tkazildi. The Peninsula nashri esa ko'p sonli ummonlik muxlislar finalda stadiondan Qatarni qo'llab-quvvatlagani haqida yozgan.

SHuningdek, britaniya-sudanlik futbol ishqibozi Qatar o'yinida mazkur mamlakat libosini kiygani uchun kaltaklangani va hibsga olingani to'g'risida xabarlar tarqaldi. Biroq bu shikoyat BAA rasmiylari tomonidan rad etildi va muxlisning yolg'on davo bildirgani uchun hibsga olinganini malum qildi.

O'sha vaqtlarda Qatarning "Al Sadd" klubiga ustozlik qilayotgan Xavi musobaqada Qatar chempion bo'lishi va finalda Yaponiyani mag'lub etishini taxmin qildi. Qatarning g'olibligi to'g'risidagi bashorat nafaqat to'g'ri chiqdi, balki ispaniyalik murabbiy Yaponiyaning finalga chiqishini ham to'g'ri topdi.


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz 

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol 

Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-2007. Yon hakam tufayli yarim finaldan quruq qolgan O'zbekiston, aholisining halokatiga olib kelgan g'alaba, chiroqsiz qolgan stadion hamda ichkilikbozlik qilgan futbolchilar to'g'risida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-2011. O'zbekistonni ortda qoldirgan Katanecning debyuti, fotograf tufayli jazolangan arablar hamda finalga kiritilmagan muxlislar to'g'risida hikoya qilamiz 

Osiyo kubogi-2015. Qahramonga aylangan bolakay, butsa tozalovchi Son Xyon Min hamda darvozabonga oila qurish taklifini bildirgan muxlisa haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика