So’nggi yangiliklar

00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  6 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  5 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  13

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki to'qqizta Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"


Endi 1992 yilgi musobaqani yodga olamiz.

1992 yilgi Osiyo Kubogiga Yaponiya mamlakati mezbonlik qilgan. Bu musobaqada oldigidek 10ta emas balki 8ta jamoa ishtirok etdi. 4tadan jamoa ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. Yubiley 10-Osiyo Kubogida Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Eron, KXDR, Qatar, Tailand va BAA terma jamoalari ishtirok etishdi.

1988 yilgi Osiyo Kubogi finalchisi Janubiy Koreya terma jamoasi saralashda Tailandga yutqazib qo'yib sensacion tarzda qita chempionatiga chiqa olmadi. Mezbon Yaponiya va o'tgan musobaqa chempioni Saudiya Arabistoni avtomatik tarzda Osiyo Kubogiga yo'l olishdi.

Ushbu musobaqa Xirosima va Onomichi shaharlarida bo'lib o'tdi. O'yinlar “Xirosima Big Arch”, "Xirosima", "Bingo Ateltik" stadionlarida o'tkazildi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda Valeriy Lobanovskiy boshchiligidagi BAA terma jamoasi Xitoyga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygan edi - 3:4.

Finalga mezbon Yaponiya va amaldagi chempion Saudiya Arabistoni terma jamoalari etib kelishdi. 60 ming tomoshabin qarshisida o'tgan bahs taqdirini bitta gol hal qildi. Birinchi taymda maydon egalari hujumchisi Takuyu Takagi arablar darvozasini ishg'ol qildi va Yaponiyaga tarixdagi birinchi Osiyo Kubogini keltirdi.

Yaponiyalik Kazuyoshi Miura musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Etiborlisi 51 yoshda bo'lgan Miura hamon futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Saudiya Arabistoni hujumchisi Fahad Al Bishi 3ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi.



Osiyo Kubogi-1992
Mezbon mamlakat: 
Yaponiya
Muddati: 29 oktyabr – 8 noyabr
Jamoalar soni: 8ta
Mezbon shahar: 2ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
16ta
Gollar soni: 31ta (o'rtacha 1,94tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 316496 (19781 o'rtacha)
To'purarlar: Fahad Al Bishi (Saudiya Arabistoni) - 3ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Kazuyoshi Miura (Yaponiya)


“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

1

2

0

2:1

4

BAA

3

1

2

0

2:1

4

Eron

3

1

1

1

2:1

3

KXDR

3

0

1

2

2:5

1



“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Saudiya Arabistoni

3

1

2

0

6:2

4

Xitoy

3

1

2

0

3:2

4

Qatar

3

0

2

1

3:4

2

Tailand

3

0

2

1

1:5

2




Yarim final
Yaponiya - Xitoy 3:2
Gollar:
Fukuda 48, Kitazava 57, Nakayama 84 - Xie Yuxin 1, Li Xiao 70.

Saudiya Arabistoni - BAA 2:0
Gollar:
Ovayron 77, Al Bishi 80.


Uchinchi o'rin uchun bahs
Xitoy - BAA 1:1
Gollar
: Xao Xaydong 15 - Xolid Ismoil 10


FINAL
YAPONIYA - SAUDIYA ARABISTONI 1:0
8 noyabr 1992. Xirosima. "Xirosima Big Arch" stadioni. 60000 tomoshabin
Bosh hakam:
Jamol Al SHarif (Suriya)
Gol: Takuya Takagi 36.

Yaponiya: Kazuya Maekava, Masami Ixara, Satoshi Cunami, Tetsuji Xashiratani, Takumi Xoriike, Ruy Ramos, Cyuyoshi Kitazava, Mitsunori Yoshida (Toshinobu Katsuya, 86), Masaxiro Fukuda, Kazuyoshi Miura, Takuya Takagi.
Bosh murabbiy: Xans Ooft (Gollandiya)

Saudiya Arabistoni: SHokir Al SHuja, Abdulloh Al Dosari, Abdul Rahmon Al Rumi, Muhammad Al Xilaivi, Salim Al Alavi, Fuad Anvar Amin, Fahad Al Bishi, Xolid Al Muvallad, Said Al Ovayron, Hamza Idris (Fahad Al Mehallel, 66), Yusuf Al Tunayan.
Bosh murabbiy: Nelsino Baptista (Braziliya)




Osiyo Kubogi-1992 chempion tarkib
Darvozabonlar

SHigetatsu Matsunaga
Kazuya Maekava

Himoyachilar
Naoto Otake
Toshinobu Katsuya
Takumi Xoriike
Tetsuji Xashiratani
Satoshi Cunami
Masami Ixara
Yuji Sakakura

Yarim himoyachilar
Ruy Ramos
Takaxiro Yamada
Cyuyoshi Kitazava
Mitsunori Yoshida
Xajime Moriyasu

Hujumchilar
Masaxiro Fukuda
Nobuxiro Takeda
Kazuyoshi Miura
Masashi Nakayama
Takuya Jinno
Takuya Takagi
Bosh murabbiy: Xans Ooft (Gollandiya)


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика