So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Saudiya Arabistoni ketma-ket ikkinchi marta turnirda zafar quchdi.

To'qqizinchi qita musobaqasiga Qatar mezbonlik qildi. 2–18 dekabr kunlari tashkil etilgan turnir Doha shahridagi “Al Ahli” va "Qatar SK" stadionlarida bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada ham o'tgan safargidek 10 ta mamlakat — Qatar, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Suriya, Kuvayt, Bahrayn, Janubiy Koreya, Eron, BAA va Yaponiya ishtirok etib, beshtadan ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib bordi. 

20 jamoa ishtirokidagi saralash bahslarida Iroq, Singapur, Ummon kabi terma jamoalar turli sabablarga ko'ra qatnashmadi. Mezbon Qatar va amaldagi chempion Saudiya Arabistoni saralashdan ozod etildi.

"A" guruhida Janubiy Koreya va Eron jamoalari pley-offga yo'l oldi. Turnirda ilk marotaba qatnashayotgan Yaponiya esa guruhda so'nggi o'rinni egalladi. Sababi, mamlakat associaciyasi asosiy tarkibni jahon chempionati saralash o'yinlariga asrab, shuningdek, mamlakat chempionatini ustun qo'ygan holda qita turniriga saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan universitet talabalar jamoasini yubordi.

"B" guruhida esa Saudiya Arabistoni va Xitoy termalari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.

Bundan 8 yil muqaddam qitaning eng kuchli jamoasiga aylangan Kuvayt ham musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rdi. Jumladan, bir qator kuchli termalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Hatto tarkibga yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Mishel Platini jalb etildi. 

Gap shundaki, o'sha davrda Platini Adidas kompaniyasining reklama borasidagi "yuzi" edi. Sobiq futbolchining agenti unga arab mintaqasi va Yaqin SHarq mamlakatlari bo'ylab gastrol uyushtirishni taklif qildi. Tur davomida Mishel Qatar, Kuvayt va Iordaniyaga tashrif buyurdi. Kuvaytga tashrif davomida Platini mamlakat terma jamoasining SSSRga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurishi rejalashtirilgandi. Biroq Kuvayt amirining taklifiga binoan, u Kuvayt terma jamoasi safida 10-raqamli libosda maydonga tushib, 20 daqiqa harakat qildi. SHunga qaramay, arab davlati 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 


Qolaversa, Kuvaytning Osiyo kubogidagi ishlari ham yurishmadi, jamoa guruh bosqichida birorta g'alaba qozona olmagan holda ortga qaytishga majbur bo'ldi.

Yarim finalda Janubiy Koreya Xitoyni, Saudiya Arabistoni esa Eronni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Finalda braziliyalik Karlos Alberto Pareyra boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib kelayotgan Janubiy Koreya bilan to'qnash keldi. Franciyalik Maykl Vutrot hakamlik qilgan hal qiluvchi bahsda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida arablar 4:3 hisobida zafar quchib, ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempioni bo'lishdi. Hal qiluvchi zarbani musobaqa boshlanishidan ilgari operaciyani boshidan kechirib, qorin bo'shlig'ining quyi qismidan 9 ta chok tushirilgan 23 yoshli futbolchi Fahad Al Bishi aniq amalga oshirdi.

SHu bilan birga, 1980 yilda Kuvayt bosh murabbiyi sifatida Osiyo kubogida g'olib bo'lgan braziliyalik Karlos Alberto Parreyra uchun ham bu ikkinchi chempionlik bo'ldi.

To'purarlar: Li Te Xo (Janubiy Koreya) - 3ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Kim Ju Sung (Janubiy Koreya)
Eng yaxshi darvozabon: Zang Xuikang (Xitoy)


Yarim final
Janubiy Koreya - Xitoy 2:1 (qo'sh.vaqt)
Gollar:
Li Te Xo 93, 103 - Mai CHao 100



Saudiya Arabistoni - Eron 1:0
Gol:
Abdulloh 16



Uchinchi o'rin uchun o'yin
Xitoy - Eron 0:0 (penaltilar seriyasi 0:3)

FINAL
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)
18 dekabr 1988. Doxa. "Al Ahli" stadioni. 20000 tomoshabin
Bosh hakam:
Maykl Vutrot (Franciya)

Janubiy Koreya: CHo Byung Deuk, Park Kyung Xun, CHung Yung Xvan, CHo Yun Xvan, Gu Sang Bum, Yeo Bum Kyu, CHo Min Kuk, CHung Xe Vun, Xam Xyun Gi (Byung Byung Ju, 49), Xvang Sung Xong (Li Te Xo, 58), Kim Ju Sung.
Bosh murabbiy: Lu Xoe Taik (Janubiy Koreya)

Saudiya Arabistoni: Abdulloh Al Deayya, Abdulloh Al Dosari, Ahmad Jamil Madani, Salih Nueimeh, Muhammad Abd Al Javad, Solih Al Solih, Fahad Al Bishi, Fahad Al Musaibeax, Majid Abdulloh, Yusuf Al Tunayan (Yussuf Al Dossari, 105), Saad Al Dossari (Muhaysin Al Jamaan, 72)
Bosh murabbiy: Karlos Alberto Parreyra (Braziliya) 


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика