So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi Yangiliklar

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi

Musobaqa Janubiy Koreya uchun omadsiz o'tdi.

1984 yilgi qita chempionati Singapurda tashkil etilgan. Bu musobaqada ham o'tgan safargidek 10ta jamoa ishtirok etdi va 5tadan jamoa ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi.

Saralashda 21 jamoa ishtirok etdi. Yaponiya, Bahrayn, Livan, Iroq kabi mamlakat termalari esa turnirda qatnashishni istashmadi.

Hisob bo'yicha sakkizinchi Osiyo kubogida Singapur, Quvayt, Xitoy, Hindiston, Eron, Qatar, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya va BAA terma jamoalari qatnashishdi. 1–16 dekabr kunlari tashkil etilgan musobaqaning barcha o'yinlari Kallang shaharidagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tdi.

"A" guruhida Saudiya Arabistoni va amaldagi chempion Kuvayt yarim finalga chiqishgan. O'tgan musobaqa finalchisi Janubiy Koreya guruhda hech bir o'yinda yuta olmay ko'pchilikni ajablantirib qo'ydi. SHu jumladan, Saudiyaga qarshi uchrashuvdan keyin g'azablangan koreyalik muxlislar tribunalardan jamoa futbolchilariga qarata turli buyumlarni uloqtirishgan.

Fors ko'rfazi kubogidagi muvaffaqiyatsiz startdan so'ng Saudiya Arabistoni terma jamoasining braziliyalik bosh murabbiyi Mario Zagallo istefoga chiqarilib, uning o'rniga "Al Ittifoq" ustozi Xalil al Zayani chaqirildi.

Atigi 37 yoshda bo'lishiga qaramay, mahalliy mutaxassis rahbariyat ishonchini qozonib, nafaqat mintaqa turnirida jamoani oyoqqa turg'azdi, balki Saudiyani Los Anjeles Olimpiadasiga olib chiqdi.

Osiyo kubogi guruh bosqichida Janubiy Koreya va Qatar bilan murosa ko'chasini tanlagan saudiyaliklar Suriya va Kuvaytni kichik hisobda mag'lub etdi.

"B" guruhida esa Xitoy hamda Eron dastlabki ikki o'rinni egallab yarim finalga yo'l olishdi. Mezbon Singapur faqat bitta bahsda g'alaba qozondi xolos.

“A” guruhi

#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Saudiya Arabistoni

4

2

2

0

4-2

6

2

Quvayt

4

2

1

1

4-2

5

3

Qatar

4

1

2

1

3-3

4

4

Suriya

4

1

1

2

3-5

3

5

Janubiy Koreya

4

0

2

2

1-3

2


“B” guruhi

#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Xitoy

4

3

0

1

10-2

6

2

Eron

4

2

2

0

6-1

6

3

BAA

4

2

0

2

3-8

4

4

Singapur

4

1

1

2

3-4

3

5

Hindiston

4

0

1

3

0-7

1

 * - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan. 

Yarim finalda Saudiya Arabistoni Eron bilan to'qnash keldi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad "yashil lochinlar"ga kulib boqdi va ushbu terma jamoa o'z tarixida ilk bor Osiyo kubogi finaliga chiqdi.

Ikkinchi yarim finalda Xitoy va amaldagi chempion Kuvayt o'zaro hisob-kitob qilishdi. Bu uchrashuvning ham asosiy vaqtida durang qayd etildi - 0:0. Qo'shimcha taymlarda xitoylik Li Xuayun gol urib, Xitoyni ilk bor Osiyo kubogi finaliga olib chiqdi.

Bellashuvdan avval kam gol urayotgani uchun tanqid qilinayotgan Saudiya termasi azolaridan biri Majid Abdulla finalda gol urish uchun harakat qilishini aytdi: "Osiyo kubogi meni biroz umidsizlikka tushirdi, chunki o'zim istagandek ko'p gol ura olmadim. Maydonning hamisha loy holatda bo'lishi bu ishni biroz qiyinlashtirmoqda, ammo finalda bu holatni o'zgartirishga urinib ko'raman". Futbolchi so'zining ustidan chiqdi va hal qiluvchi bahsda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Finalda arablar 26000 tomoshabin qarshisida 2:0 hisobida g'alaba qozonib, ilk bor qitada chempion bo'lishdi. Etiborlisi, Saudiya Arabistoni aynan mana shu Osiyo kubogida debyut qilgan va yakunda chempion bo'lgandi. SHuningdek, jamoa finalga qadar birinchi bo'limda raqiblari darvozasiga yo'l topa olmagandi.

Yarim final
Saudiya Arabistoni – Eron 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar:
SHahin Bayani 88 avtogol – SHoxrux Bayani 43

Xitoy – Quvayt 1:0
Gollar:
Li Xuayun 108

3-o'rin uchun o'yin
Eron – Quvayt 1:1 (penaltilar seriyasi 3:5)
Gollar:
Muhammadxani 80 – Al Haddad 26

FINAL
Saudiya Arabistoni – Xitoy 2:0
16 dekabr 1984. Singapur. “Milliy” stadion. 26 000 tomoshabin
Hakam:
SHiziuo Takada (Yaponiya)
Gollar: Al Nafisah 10, Abdulloh 56


Xitoy bosh murabbiyi CHjen Syu Lin raqibni kuchli ekanligini takidlab o'tgan: "Saudiya Arabistoni kuchli jamoa hisoblanardi, bunga shubha yo'q edi. Himoya chizig'imiz vayron etildi, yo'q joydan ikkita to'p o'tkazib yubordik. Butun o'yin davomida raqibga etarlicha qarshilik ko'rsatishga tayyor emasdik".

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xalil al Zayani esa bu mamlakat futboli uchun buyuk davrning boshlanishi ekanligini aytib o'tdi: "Bu bizning dastlabki chempionligimiz edi, qita miqyosida ajoyib muvaffaqiyatga erishganimizdan barcha xursand bo'ldi. Futbolda psixologik omil juda ham muhim sanaladi, bu taktika bilan uyg'unlik hosil qilsa, jamoaga qo'l keladi. Singapurdagi chempionlik barcha yurtdoshlarimiz uchun alohida ahamiyatga ega hisoblanardi. Mazkur chempionlik biz uchun buyuk davrning boshlanishi edi".


To'purarlar: Jia Ksiukuan (Xitoy), SHoxrux Bayani (Eron), Nosir Muhammadxani - 3tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: Jia Ksiukuan (Xitoy)
Eng yaxshi darvozabon: Abdulloh Al Deayya (Saudiya Arabistoni)
“Feyr pley” sovrini: Xitoy

Qiziqarli malumotlar

Mezbon davlat Singapur "B" guruhida to'rtinchi o'rinni egallab, yarim finalga chiqa olmadi. Singapur o'sha turnirdan beri turnirning final bosqichida ishtirok etgani yo'q.

Saudiya Arabistoni 3 g'alaba va 3 durang bilan turnirda g'olib chiqdi. Abdulloh Al Deayya esa musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Abdulloh 1990 yilga qadar terma jamoa darvozasini qo'riqlagan bo'lsa, keyingi 13 yil davomida terma jamoa darvozasida uning ukasi Muhammad Al Deayya turgan.

Barcha jamoalar kamida bittadan ochko to'pladi, faqatgina Hindiston musobaqani ochkosiz tark etdi.

Jia Ksiukuan turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, biroq avvalgi musobaqadan farqli o'laroq, ramziy terma jamoa tuzilmadi.

Turnir davomida to'rtta avtogol urildi.


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика