So’nggi yangiliklar

01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  4 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  3 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  2 23:00А Серия. "Милан" - "Болонья" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  1 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  42 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  1 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  13 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  5 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  83 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0

Osiyo jamoalari Jahon chempionatini tark etdi Yangiliklar

Osiyo jamoalari Jahon chempionatini tark etdi

Seyshel orollarida plyaj futboli bo'yicha navbatdagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Chorak final o'yinlaridan so'ng yana 4ta jamoa musobaqani tark etdi: Eron, Yaponiya, Italiya va Ispaniya. Shunday qilib plyaj futboli bo'yicha Osiyoning eng kuchli ikki jamoasi yarim finalga chiqa olmadi. Quyida 1/4 final natijalarini keltirib o'tamiz. 

Belarus - Eron 4:3

Eron juda qizg'in kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi. O'yinda forslar hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, keyinchalik 4ta o'tkazib yuborishdi. So'ngra kiritilgan ikkita gol esa kamlik qildi. Darvoqe, ushbu bahsni hamyurtimiz Nayim Qosimov boshqarib bordi.

Iqtibos: "Bu jamoa mening oilam. Chunki Belarus menga terma jamoa bosh murabbiyi bo'lib ishlash imkonini berdi. Men bu jamoa bilash ishlashdan zavq olyapman. Har bir o'yinchi oilamiz azosi", (Niko, Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi).


Portugaliya - Yaponiya 7:6

Bu o'yin gollarga boy bo'ldi. Hisob 5:5 bo'lib turganda Portugaliya gol urib oldinga chiqib oldi, lekin Yaponiya yana tenglashtirdi. O'yin tugashiga bir daqiqa qolganida esa evropaliklar g'alaba to'pini kiritib yarim final masalasini hal etishdi.

Iqtibos: "Yuragi xasta kishilar bu o'yinni ko'rmagani maqul. Juda chiroyli o'yin guvohi bo'ldik. Qiziqarli bahsda g'alaba qozondik", (Be Martins, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi).

Iqtibos: "Biz mag'lubiyatga loyiq edik. Qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Raqib jarima to'plaridan unumli foydalandi. Jahon chempionatida bunaqa o'yin ketmaydi. Mag'lubiyatdan xafamiz, lekin yana qaytamiz. Menga qolsa yana 5ta Jahon chempionatida o'ynamoqchiman", (Ozu Moreyra, Yaponiya terma jamoasi futbolchisi).


Senegal - Italiya 4:3

Turnirning eng shov-shuvli jamoasi deb bemalol Senegalni ko'rsatsa bo'ladi. Afrikaliklar guruhda Ispaniyani mag'lub etishning uddasidan chiqishgandi, chorak finalda esa Italiyadan ustun kelishdi. Ushbu bahsda Senegal darvozaboni chinakam qahramonlik ko'rsatdi.

Iqtibos: Biz amaldagi vice-chempionni musobaqadan chiqarib yubordik. Bu - katta voqea. Italiya plyaj futbolida doim zo'r o'ynaydi. Maqsadimiz Jahon kubogini qo'lga kiritish. Avvalgi mundialda Belarus bizni 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Endi "qasos" olish payti keldi", (Al Seyni Ndiaye, Senegal terma jamoasi darvozaboni).

Iqtibos: "Jahon chempionati chorak finalida 3ta gol urdik, lekin bu hech narsani hal qilmaydi. Chunki mag'lub bo'lib turnirni tark etyapmiz. Buyog'iga xatolar ustida yanada jiddiy ishlaymiz. Italiya hali qaytadi", (Kamilo, Italiya terma jamoasi futbolchisi).


Braziliya - Ispaniya 6:0

Chorak finalning oxirgi o'yinida amaldagi chempion Braziliya favoritligini yana bir marta isbotlab qiyinchiliksiz Ispaniyani mag'lub etdi. Tajbribali Braziliya yosh Ispaniya darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi. Bu o'yinda braziliyalik mohir hujumchi Godrigo ikki bor to'p kiritdi.

Iqtibos: "Jahon chempionati yarim finaliga chiqqanimizdan xursandmiz. Bu kabi turnirda zafar quchish uchun gol o'tkazmaslik talab qilinadi. To'g'ri, bu oson emas, ammo harakat qilib uddalasa bo'ladi. Himoyamiz ham zo'r. Ana endi Braziliya - Portugaliya klassik bahsini ko'ramiz. Ular kuchli jamoa, ularni hurmat qilamiz. lekin biz Braziliyamiz", (Rodrigo, Braziliya terma jamoasi futbolchisi).

Iqtibos: "Biz yosh jamoamiz, tajribamiz hali u qadar katta emas. Shuning uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Biz ham katta jamoalardek bo'lishni xohlaymiz. Mag'lubiyat yomon, lekin bu ham dars beradi. Yangi darajaga chiqish uchun mehnat qilishda davom etamiz", (Chiki, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi). 


Ertaga, 10 may kuni yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi:

Belarus - Senegal

Portugaliya - Braziliya


Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati finali hamda 3-o'rin uchun bahs 11 may kuni bo'lib o'tadi.


X. Xoliqov 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 may 18:38:52
Burhonbek Abdumo'minov
Ehhh Italiya
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика