So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

O'rtoqlik o'yini: "Dinamo" - "SHerdor" - 3:0 Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini: "Dinamo" - "SHerdor" - 3:0

Teglar :  SHerdorDinamo
Pro-Liga 3-davra o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi CHimyondagi o'quv-mashg'ulot yig'inidan keyin Samarqandda to'planib, dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Samarqanddagi “Dinamo” stadionida kechgan bahsda “Dinamo” Pro-Liga “B” guruhida ishtirok etayotgan Samarqandning yana bir klubi “SHerdor” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvda “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev ham, “SHerdor” bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov ham bir qator futbolchilarni maydonga tushirishdi.

SHiddatli kurashlarga boy o'tgan bahsda “Dinamo” 3:0 hisobida raqibidan ustun keldi. O'yindagi hisobni birinchi bo'lim yakunida Abbosbek Jumaqulov ochdi. Hujumkor yarimhimoyachi 45-daqiqada jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi, 1:0.

75-daqiqada “Dinamo”ning navbatdagi hujumchini jamoa yangi azosi hujumchi Sanjar Barotov chiroyli yakunladi, 2:0.

86-daqiqada hisob yirik ko'rinishga keldi. CHap qanotdan hujumga o'tgan Jasur Azimov jarima maydoni tashqarisidan o'zining ajoyib zarbasi bilan darvozaning “to'qqizligi”ni aniq nishonga olib, yakuniy natijani o'rnatdi – 3:0.

Ushbu bahsdan so'ng, «Dinamo» 25 iyul kunidan Toshkentda yig'inga kirishadi. 27 iyul kuni Toshkentdagi dastlabki nazorat bahsida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi maydonga tushilsa, 29 iyulda “Lokomotiv-BFK”, 31 iyulda esa “Nurafshon” klubiga qarshi saf tortishadi. Ushbu o'yinlar bilan “Dinamo” 5 avgust kuni start oladigan Pro-Liga uchinchi davrasiga tayyorgarlik ko'radi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

24 iyul (seshanba)

Samarqand. “Dinamo” stadioni.

“DINAMO” – “SHERDOR” – 3:0 (1:0)

Gollar: 
Abbos Jumaqulov 45, Sanjar Barotov 75, Jasur Azimov 86.

“Dinamo” (1-bo'lim): SHohruh Raimov, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon Alamxonov, Firdavs Abdusalimov, Suhrob Izzatov, Jasur Azimov, Dilmurod Karimov, Otabek Narzullaev, Abbosbek Jumaqulov, Pavel Purishkin.

“Dinamo” (2-bo'lim): SHohrux Eshbo'taev, Komil SHarofutdinov, Akmal Xolmurodov, Hakimxon Alamxonov (Viktor Grigorev), Otabek Narzullaev (Jasur Azimov), Damir Temirov, Ilhom Yunusov, Dilmurod Karimov (Suhrob Izzatov), Jasur Ashurov, Daler Almosjonov, Sanjar Barotov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика