So’nggi yangiliklar

02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  1 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  2 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  12 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  46 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  531 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  3 20:50Суперлига. "Машъал" ва "Қизилқум" жанговар дуранг қайд этди  3 20:29Бундеслига. "Байер" — "Боруссия Дортмунд" ўйинида 6 та гол урилди  1

Ortiqxo'jaev istagan "Paxtakor" shumi? Yangiliklar

Ortiqxo'jaev istagan "Paxtakor" shumi?

Jamoaning 2008 yilda tavallud topgan futbolchilari PFL U-19 musobaqasidan tashqari, Toshkent shahar yoshlar ligasi va O'FA Kubogida ham zafar quchdi.

Men o'zim PFL musobaqasini yoritishga bordim. Finalda "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro bellashdilar. Ikki jamoaning rahbariyati stadionda edilar. Farqi shunda-ki, "Paxtakor" vakillari musobaqani boshidan birga bo'ldilar. Menimcha bu akademiyaga bo'lgan etibordan bo'lsa kerak. Bugun O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining negizi shu klub futbolchilari bilan shakllanyapti. Orada bir vaqt bo'ldi, akademiyaga bo'lgan etibor keskin tushib ketdi. Ortiqxo'jaevni jamoaga kelishi vaziyatni yana ijobiy tomonga o'zgartirganini bu yilgi natijalardan bilsa ham bo'ladi. Jamoaning yoshlar ligasi ham PFL musobaqasida turnir yakuniga etishiga 1 tur qolganida chempionlikni naqd qildi. Eng qizig'i 23-turda "Paxtakor" va OKMK o'zaro bellashdi. Kim yutsa o'sha chempion. "Paxtakor" 1 kishi kam bo'lib raqibini 3:0 hisobda mag'lubiyatga uchratdi, qoyil qolish kerak.



Men U-19 jamoasining bir jihatiga ahamiyat qaratdim. Jamoa bilan final bosqichida 4 nafar murabbiy va shifokor ishlaganini ko'rdim. SHifokor mayli bu hamma jamoada bo'ladi. Lekin 4 nafar murabbiy ishlagan klubni faqat katta ligalarda ko'ramiz. Darvozabonlar murabbiyidan tashqari asosiy uch murabbiyning boshi Bobur Abdurahmonov. U o'z paytida Robert Gay jamoasining eng yorqin o'yinchilaridan biri bo'lgan. Afsus og'ir jarohat tufayli u faoliyatini erta tugatgan. Uning yordamchilari "Nefchti" afsonasi Akmal Xolmatov va "Traktor"dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish Bahodir Qodirov. Bu ikki mutaxassis yosh murabbiy bilan juda katta natijaga erishdilar. Eng muhimi U-19 da ham O'FA Kubogi finalida ham jamoa shunchaki g'alaba qozonmay o'yin bo'yicha raqibdan ustunlikka erishgani ahamiyatli. Bu jamoaning o'yinini ko'rish shunchaki zavq bag'ishladi tomoshabinga.


"Paxtakor"ning kattalari bu yil tarixdagi eng yomon natijalaridan birini qayd qildilar. Asosiy tarkibda Abbosbek Fayzullaev, Hojimat Erkinov yoki Jaloliddin Masharipovga biz o'rganib qolgan kashfiyotlar bo'lmadi. Lekin bu vaqtinchalik holat ekanligini yoshlar musobaqasi ko'rib xulosa qilishi mumkin. Jamoaning shaxsiy akademiyasi hamon mavjud emas. Qachon qurilishi haqida gap so'zlar ham yo'q. Yil boshida klub to'liq "AKFA" xoldingga o'tishi va stadionga qo'shib akademiya rekonstrukciya bo'lishi haqida gap so'z chiqqandi. Ammo yakunda bunday bo'lmadi. Turli tuman erlar tendersiz yangi egalariga berilayotgani haqida xabarlarni o'qib qolamiz, ammo "Paxtakor"ga kelganda bu ishga "pauza" berilishi shahsan menga g'alati ko'rindi. Bugun jamoaning stadioniga faqat rahm qilish mumkin. "Do'stlik" jamoasi PRO Liga o'yinlarini bu erda o'ynab turmaganida, menimcha u chakalakzorga aylanib ulgurgan bo'lardi. Mayli, mavzudan chetlashmay. SHavkat Mirziyoev sport tepasiga shahsan o'zi kelganligini hisobga olsak, "Paxtakor"ning moddiy texnika bazasi bo'yicha yangilik chiqib qolishiga umid qilishdan boshqa choramiz qolmaydi. Nima uchundir terma jamoamiz "Bunyodkor" stadionidan ko'ra "Paxtakor"da yorqin o'yin ko'rsatib kelgan deb o'ylaganim uchun bu abzacni qoraladim.



Yana "Paxtakor" akademiyasiga qaytamiz. Eshitishimcha klub turk klublari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ustida ish olib borishni maqsad qilgan. O'zbekistondagi istedod egalarini Turkiya jamoalari orqali Evropaga kuzatish rejasi yo'q emas. Rejaga monand tarbiyalayotgan futbolchilarni ko'rib shahsan men quvondim. Yoshlar ichida Abbosbek Fayzullaev, Abduqodir Husanovlar juda ko'p. Afsuski katta futbolga kelganda biz doimo bu istedodlarni saqlab qola olmaymiz. Qaerdadir murabbiy malakasizlik qilsa, qaerdadir nimadandir iqtisod qilamiz. Klublar miqyosida yaxshi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmay qo'yganimizga ham ancha bo'ldi. 


Bugun "AKFA" homiyligida "Paxtakor" istaymizmi, yo'qmi ko'rinmas katta yutuqlarga erishdi. To'g'ri, asosiy tarkib bu boshqa masala. Ammo akademiya shu tarzda faoliyat olib borsa, tez kunlarda "Paxtakor" yana qudratli jamoa sifatida sahnada ko'rinish beradi.

Yil boshida klub vakillari, klub keyingi yillar davomida akademiyaga tayanishi va bu eng yuqori rahbariyatning istagi ekanligini aytishgandi. Menimcha, mana shu yoshlar yo'lida erishilayotgan natijalar Jahongir Ortiqxo'jaevning orzusi. Endi bu orzuni yanada sifatli ko'rinishga kelishi uchun, bitta akademiya qurilsa nur ustiga alo nur bo'lardi.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика