O'rinboev "Brentford"ning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda, u ertaga jamoa bilan "Man Siti"ga qarshi o'yinga boradi
04 fev 2024 19:08
Yangiliklar
O'rinboev "Brentford"ning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda, u ertaga jamoa bilan "Man Siti"ga qarshi o'yinga boradi
"Brentford" ertaga APL 23-tur doirasida o'z uyida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
Bir necha kun oldin "Brentford"ga o'tgan o'zbekistonlik o'yinchi Muhammadali O'rinboev ayni damda asosiy jamoa bilan mashg'ulotlar olib bormoqda.
O'rinboevning saytimizga malum qilishicha, u 10 kun davomida murabbiy bilan yakka mashg'ulotlarni o'tagan, undan keyin ikki kun B jamoasida bo'lgan, so'ngra asosiy jamoa bilan birgalikda ertaga bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rgan.
Qayd etish kerakki, futbolchining harakatlari "Brentford" murabbiylar shtabiga maqul kelgan. Futbolchi ertaga "Manchester Siti" bilan o'yinni stadiondan kuzatadi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar