Omar Xrbin: "O'zbekistonga qarshi talab qilingan o'yinning 60 foizini namoyish qildik"
15 jan 2024 12:34
Yangiliklar
Omar Xrbin: "O'zbekistonga qarshi talab qilingan o'yinning 60 foizini namoyish qildik"
Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Suriya (0:0) uchrashuvidan so'ng arablar hujumchisi Omar Xrbin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Musobaqaning dastlabki o'yini har doim qiyin o'tadi va ko'proq taktik kurashga asoslanadi.
Biz g'alaba qozonishga intilgandik, shunga qaramay, durang bizni qoniqtirdi. Keyingi o'yinda bundan yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz. Uchrashuv taktik kurashga asoslangan holda o'tdi va bizdan talab qilingan o'yinning 60 foizini namoyish eta oldik, ammo durang emas, g'alaba uchun kurashdik", – dedi 30 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Suriya guruh bosqichining 2-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borsa, O'zbekiston MTJ Hindiston bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar