So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  29 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  10 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

"Olmaliq": 10 nafar futbolchi ketdi, Naumov va Berdimurodov keldi Yangiliklar

"Olmaliq": 10 nafar futbolchi ketdi, Naumov va Berdimurodov keldi

"Olmaliq" kechadan Olmaliq shahrida yangi mavsum tayyorgarligini davom ettira boshladi.

"Olmaliq"ning dastlabki yig'ini dekabr oyida bo'lib o'tganini xabar bergan edik. Ikkinchi yig'in 4 yanvardan 13 yanvarga qadar davom etadi. Jamoa azolari 8 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi. 10 yanvarda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgan. Tarkibdagi o'zgarishlar borasida aytadigan bo'lsak, jamoani bir qator futbolchilar tark etishdi. Ular Valeriy Fomichyov, Timur G'aniev, Sarvarjon Jo'raev, Saxob Jo'raev, Obid Jo'raboev, G'ulom O'runov, Jahongir Abdumo'minov, Salamat Qutiboev, SHavkat Salomov, Nemanya Yovanovich va Alisher SHog'ulomovlardir. Bu futbolchilarga "Olmaliq" jamoasi natijalariga qo'shgan hissalari uchun tashakkur bildiramiz va keyingi faoliyatlarida omad tilaymiz.

Jamoaning bugungi mashg'ulotlarida 25 nafar futbolchi ishtirok etdi. Birinchi yig'inda ko'rikda bo'lgan uch nafar futbolchi Farrux Axunov, Doniyor Inomov va Robert Jilin bu gal mashg'ulotlarga chaqirilmadi. Mashg'ulotlarga jamoamiz azolari ikki darvozabon Nikita SHkvirin va Maksim Kriushev hamda olimpiya terma jamoasi yig'inida bo'lgan Diyor Turopov va Doniyor Ismoilovlar qo'shilishdi. SHuningdek, yana bir posbon Mixail Naumov, himoyachi Rahmatillo Berdimurodov, yarim himoyachi Dilshod Fayziev ("Namuna", Toshkent), hujumchi Timur Ergashev ("CHust-Paxtakor")lar ham "Olmaliq" tarkibida yangi mavsumga tayyorgarlik olib borishmoqda.

Bundan tashqari, jamoa murabbiylar shtabiga o'tgan mavsum G'uzorning "SHo'rtan" jamoasida faoliyat olib borgan Jamshid Umarov qabul qilindi. Jamshid Xurshidovich jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика