So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  17 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  406 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Ollobergan Karimov: "Avvalgi U-17 Jahon chempionatini Xorazmda televizordan ko'rganman. O'shanda vaqti kelib mundialda O'zbekiston sharafini himoya qilish xayolimga ham kelmagan" Yangiliklar

Ollobergan Karimov: "Avvalgi U-17 Jahon chempionatini Xorazmda televizordan ko'rganman. O'shanda vaqti kelib mundialda O'zbekiston sharafini himoya qilish xayolimga ham kelmagan"

Indoneziya yashil maydonlarida o'tgan U-17 Jahon chempionatida chorak finalgacha etib borgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi kecha yurtimizga qaytib keldi.

Futbol jamoatchiligi, muxlislar, OAV futbolchilarni ko'tarinki ruhda kutib oldi. Mazkur jarayon davomida terma jamoa etakchisi Ollobergan Karimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Bunday darajadagi musobaqada birinchi marotaba qatnashdik. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Jahon chempionatini muvaffaqiyatsiz boshlaganimizga qaramasdan, guruhdan chiqishni uddaladik. CHorak finalda g'oliblik uchun asosiy davvogar Angliyani mag'lub etdik. Ishonsangiz, chorak final o'yinidan so'ng mehmonxonada, muxlislarda munosabat o'zgardi. Hurmat qilgan holda dastxatlar so'rashdi, suratlarga tushishdi. Bu albatta yoqimli holat. Franciya bilan o'yinda omadimiz kelmadi. 

Avvalgi Hindistondagi U-17 Jahon chempionatini Xorazmda televizordan ko'rganman. O'shanda vaqti kelib kichik mundialda O'zbekiston sharafini himoya qilish xayolimga ham kelmagan. O'zimga o'zim savol berardim, men ham o'ynaymanmi? Xudoga shukur nasib qildi. Bundan xursandman", – deydi Ollobergan Karimov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика