So’nggi yangiliklar

09:50«Манчестер Сити» испаниялик футболчига 200 миллион фунт тўлашга тайёр  3 09:22Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:57Суперлига. Бугун 6-тур якунланади  4 08:26ОФК президенти Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида ғолибликни қўлга киритгани муносабати билан табрик йўллади  23 07:55Ўзбекистонни чeмпион қилган Исломбек Исмоилов финалдан сўнг нималар деди?  25 07:30U-17 Осиё кубоги. Уч нафар футболчимиз «энг яхши» совринига эга бўлди  11 07:10U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0, Фантастик ғалаба!  9 06:51Валверденинг сўнгги дақиқалардаги супер голи «Реал»га муҳим ғалабани тақдим этди  11 05:31Александр Хомяков: "ВАР билан боғлиқ ҳолат, вақт чўзилиши бизнинг зараримизга ишлагандек бўлди"  11 04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  2 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  11 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  3 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  9

Oliy liga-2017 yakunlari. "Toshkent derbisi"da kim kuchli? Yangiliklar

Oliy liga-2017 yakunlari. "Toshkent derbisi"da kim kuchli?

Oliy liga-2017 yakunlari haqida turli xil qiziqarli malumotlar berishda davom etamiz. Mavzu sifatida chempionatimizdagi derbilarni tanlab oldik.

Malumki, derbi deganda bir shahar yoki mintaqaning ikki yoki undan ortiq jamoalari o'rtasidagi keskin to'qnashuvlar tushuniladi. CHempionatimizda shu tarifga mos tushadigan bir nechta uchrashuvlar mavjud. Masalan, yakuniga etgan chempionatimizda "Toshkent derbisi" nomi ostida "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Obod" qarama-qarshiligi guvohiga aylangan bo'lsak, "Qashqadaryo derbisi"da viloyatning uch jamoasi "Nasaf", "Mashal" va "SHo'rtan" jamoalari o'zaro bellashdilar. SHuningdek, "vodiy derbisi" ham mavjud bo'lib, uning doirasida "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Navbahor" jamoalarining o'zaro hisob-kitoblarini kuzatishga muvaffaq bo'ldik.

Bugun, "Toshkent derbisi" doirasida bo'lib o'tgan o'yinlar, undagi qiziqarli faktlar haqida fikr yuritamiz. CHempionatimizning eng keskin derbisi nomiga loyiq ko'riladigan "Toshkent derbisi"da "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Obod" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Aslida derbi maqomi ostida o'tkaziladigan o'yinlarda jamoalarning turnir jadvalida egallagan o'rni katta ahamiyat kasb etmaydi, shunday bo'lsada, yakuniga etgan chempionatimizda Toshkent klublari qo'yidagi o'rinlarni band etdi. "Lokomotiv" birinchi, "Paxtakor" uchinchi, "Bunyodkor" to'rtinchi va "Obod" o'n oltinchi. Ko'rib turganingizdek, "Obod"ni hisobga olmaganda, qolgan jamoalar orasida farq u qadar katta emas. Keling, avvalo o'tkazilgan o'zaro o'yinlarga nazar tashlaymiz:


4-tur
30 mart
payshanba
Obod - Bunyodkor
1:1
7-tur
21 aprel
juma
Paxtakor -  Lokomotiv
1:2
8-tur
29 aprel
shanba
Lokomotiv -   Obod
7:0
11-tur
17 may
chorshanba
BunyodkorPaxtakor
1:1
15-tur
24 iyun
shanba
Obod - Paxtakor
1:4
15-tur
25 iyun
yakshanba
Bunyodkor-Lokomotiv
1:0
19-tur
26 avgust
shanba
Bunyodkor -  Obod
2:0
22-tur
21 sentyabr
payshanba
Lokomotiv -  Paxtakor
0:1
23-tur
29 sentyabr
juma
Obod - Lokomotiv
1:3
26-tur
26  oktyabr
payshanba
Paxtakor - Bunyodkor
1:0
30-tur
25 noyabr
shanba
Paxtakor -  Obod
+:-
30-tur
26 noyabr
yakshanba
Lokomotiv -   Bunyodkor
3:2

 

Garchi, yakuniy jadvalda 3-o'rin bilan cheklangan bo'lsada, SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi derbilar doirasidagi bellashuvlarda 4 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. G'alabalarning 2 ta o'z maydonida qayd etilgan bo'lsa (26-turda "Bunyodkor"ni 2:1 va 30-turda "Obod" bilan bo'lishi lozim bo'lgan o'yinda texnik g'alaba), yana 2 tasi safardagi bahslarga (15-turda "Obod"ni 1:4 va 22-turda "Lokomotiv"ni 0;1) to'g'ri keladi. Hamshaharlari darvozasiga 8 ta gol urgan "sherlar" o'z darvozasidan 4 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lgan. Urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar nisbati +4 ni tashkil etmoqda. "SHerlar"ning durangi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan 1-davra o'yinida qayd etilgan bo'lsa (1:1), yagona mag'lubiyat 7-tur doirasida bo'lib o'tgan o'z maydonidagi "Lokomotiv"ga qarshi bahsda qayd etilgan. O'sha kecha paxtakorchilar bo'lajak chempionga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.


CHempion "Lokomotiv" derbilar jadvalida 12 ochko bilan 2-o'rinni band etgan. 6 ta o'yin o'tkazgan "temiryo'lchilar" 2 bor mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 15 ga 6, yani +9 ni tashkil etmoqda. Jamoa g'alabalari o'z maydonidagi "Obod" (7:0) va "Bunyodkor"ga (3:2) hamda safardagi "Paxtakor" (1:2) va "Obod"ga (1:3) qarshi uchrashuvlarda qayd etilgan. M.Yelichich shogirdlari 1-davraning so'nggi o'yinida "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 2-davrada o'z maydonida SH.Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasiga ham kichik 0:1 hisobida yutqazgan. Derbidagi to'qnashuvlarda eng ko'p golni aynan "Lokomotiv" jamoasi kiritgan. Ularning hisobida 15 ta gol mavjud. SHundan 10 tasi o'z maydonidagi bahslarda kiritilgan bo'lsa, qolgan 5 ta gol safardagi bahslarga to'g'ri keladi.  


"Toshkent derbisi"dagi uchinchi o'rin M.Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasiga tegishlidir. "Qaldirg'ochlar" 6 ta o'yinda 2 tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etib 8 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lgan. Raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan "qaldirg'ochlar", o'z darvozasidan 6 ta gol olib chiqishga majbur bo'lgan, yani to'plar nisbati +1. Kiritilgan gollarning 4 tasi o'z maydonidagi bahslarga to'g'ri keladi. Qolgan 3 ta gol safarda kiritilgan. "Bunyodkor" g'alabalari o'z maydonida "Lokomotiv" (1:0) va "Obod" (2:0) jamoalariga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Duranglar esa chempionatning 4-turida "Obod" (1:1) maydonida va "Bunyodkor" stadionida "Paxtakor"ga (1:1) qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarga to'g'ri keladi. 2 ta mag'lubiyat 2-davraning yakuniy qismida "Paxtakor" (1:0) va "Lokomotiv" (3:2) maydonlaridagi o'yinlarda qayd etilgan.


Va nihoyat poytaxtning to'rtinchi jamoasi maqomi "Obod"ga tegishlidir. CHempionatni yakuniga etkaza olmagan jamoa derbilarning deyarli barchasida ishtirok etdi. Faqatgina so'nggi turda o'tkazilishi lozim bo'lgan "Paxtakor"ga qarshi safar bellashuvi uchun "Obod"ga texnik mag'lubiyat yozildi. Jamoa o'tkazilgan 6 ta o'yinda bor yo'g'i 1 tagina durang qayd eta oldi. CHempionatning 4-turida "Bunyodkor"ni qabul qilgan jamoa vakillari 1:1 hisobida durang natija qayd etishga muvaffaq bo'lgan. Ana shu bir ochko jamoa uchun derbilardagi yagona ochko hisoblanadi. Qolgan uchrashuvlarda 5 marta mag'lub bo'lgan (1 tasi texnik mag'lubiyat) jamoa o'z darvozasidan umumiy hisobda 17 ta to'p o'tkazib yuborgan. Urgan gollari soni esa 3 tani tashkil etadi. To'plar nisbati ham havas qiladigan darajada emas -14.


O'zaro o'yinlardan keyingi turnir jadvali esa qo'yidagicha ko'rinish olgan:


#
Jamoalar
O'
YU
D
M
T-N
+/-
O
1
Paxtakor
6
4
1
1
8-4
4
13
2
Lokomotiv
6
4
0
2
15-6
9
12
3
Bunyodkor
6
2
2
2
7-6
1
8
4
Obod
6
0
1
5
3-17
-14
1

 

"Toshkent derbisi"ning umimiy statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, 12 ta bellashuvning 2 tasidagina durang natija qayd etildi. Qolgang 10 ta bahsda u yoki bu jamoaning qo'li baland kelgan. 6 ta g'alaba mezbonlar hisobida bo'lsa, 4 tasiga mehmonlar erishgan.

O'tkazilgan 12 ta o'yinda darvozalarga 33 ta gol kiritildi. SHundan 19 tasi mezbonlar hisobiga to'g'ri kelsa, qolgan 14 ta golni mehmonlar kiritgan. "Poytaxt derbisi"da qayd etilgan eng yirik hisob "Lokomotiv"-"Obod" bahsiga to'g'ri keladi. 8-tur doirasida o'tkazilgan bahsda "temiryo'lchilar" "Obod" darvozasiga oz emas, ko'p emas naqd 7 ta javobsiz to'p kiritgan.

"Toshkent derbi"si to'purari, xuddi chempionatimiz kabi, "Lokomotiv" azosi Marat Bikmaev hisoblanadi. Uning hisobida 5 ta gol mavjud. Marat "Paxtakor" va "Obod" darvozalarini 2 martadan ishg'ol etgan bo'lsa, yana bir golni "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan.

Undan keyingi o'rinlarda 3 tadan gol bilan "Loko" vakili Sardor Mirzaev va "Bunyodkor" azosi Dostonbek Hamdamov bormoqda.

Eslatma: Keyingi chiqishlarimizda Qashqadaryo va vodiy derbilaridagi o'yinlarga to'xtalib o'tamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика