So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  7 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Oliy liga-2017 yakunlari. Navbat "Vodiy derbisi"ga Yangiliklar

Oliy liga-2017 yakunlari. Navbat "Vodiy derbisi"ga

Bungacha Toshkent va Qashqadaryo derbilari haqidagi malumotlar bilan tanishtirgan edik.

Bugun chempionatimizdagi yana bir derbi, "Vodiy derbisi" haqida batafsil to'xtalib o'tamiz. Yakuniga etgan chempionatimizda "vodiy derbisi" doirasida Farg'onaning "Neftchi" va "Qo'qon-1912" hamda Namanganning "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Oldinga o'tib shuni aytish lozimki, chempionatimiz yakunida vodiy jamoalari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich Namanganning "Navbahor" jamoasiga tegishlidir. 2016-yilgi mavsumda o'tish o'yini orqali elitadagi o'rnini arang saqlab qolgan I.Mo'minjonov shogirdlari 2017-yilda ancha muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yakunda beshinchi o'rindan joy oldi. 1-davrada o'ziga xos sensaciya ko'rsata olgan N.Hasanovning "Qo'qon-1912" jamoasi chempionatning muhim pallasida toliqib qoldi shekilli, yakunda to'qqizinchi bo'lib marraga etib keldi. O'zbek futbolining faxri bo'lgan jamoalardan biri deb tariflanadigan Farg'onaning "Neftchi" klubi bu safar ham omadsizlik ko'chasidan chiqa olmadi. Avvaliga A.Fedorov, keyinchalik V.Abramov boshchilik qilgan jamoa chempionat yakunida 15-o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi. Yangi tashkil etilayotgan superligada ishtirokchilar soni 12 taligicha qolsa, "Neftchi" o'z tarixida birinchi bor elitada ishtirok eta olmaydi.

Derbilarda jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni ahamiyatga ega emasligi vodiy jamoalari o'rtasidagi bahslarda ham o'z aksini topdi. Keling, avvalo jamoalarning o'zaro o'yinlariga etibor qaratamiz:


3-tur

16 mart

payshanba

Navbahor - Neftchi

1:1

4-tur

31 mart

juma

Neftchi Qo'qon-1912

1:2

10-tur

12 may

juma

Navbahor - Qo'qon-1912

1:1

18-tur

19 avgust

shanba

Neftchi - Navbahor

1:1

19-tur

26 avgust

shanba

Qo'qon-1912 - Neftchi

3:1

25-tur

21 oktyabr

shanba

Qo'qon-1912- Navbahor

2:0



 

Birinchi davrani katta ishtiyoq evaziga 2-o'rinda yakunlagan "Qo'qon-1912" derbi doirasidagi bahslarda ham eng ko'p g'alabani qo'lga kiritdi. N.Hasanov shogirdlari o'tkazilgan 4 ta o'yinning 3 tasida g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, 1 ta o'yinda durang bilan cheklanishga majbur bo'ldi. G'alabalarning 2 tasiga o'z maydonida (19-turda "Neftchi"ni 3:1 va 25-turda "Navbahor"ni 2:0) erishgan qo'qonliklar, safarda "Neftchi"ni taslim etib derbidagi uchinchi g'alabani tantana qildi. Namangan safari esa 1:1 hisobidagi durang bilan o'z yakuniga etdi. Mana shu o'yinlarda 8 ta gol urgan qo'qonliklar, o'z darvozasidan 3 ta to'p o'tkazib yubordi. To'plar nisbati +5 ni tashkil etmoqda. Urilgan gollarning naqd 5 tasi "Neftchi" darvozasidan joy olgan bo'lsa, qolgan 3 tasi "Navbahor" darvozasiga kiritilgan.  


I.Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor" klubi derbi doirasida murosasizlik ko'rsata oldi. O'tkazilgan 4 ta bahsning 3 tasida durang (3 va 10-tur doirasida o'tkazilgan o'z maydonidagi o'yinlarda "Neftchi" va "Qo'qon-1912" bilan bir xil 1:1, 18-turda Farg'onada "Neftchi" bilan 1:1) natija qayd etilganligi buni isbotlab turibdi. Yagona mag'lubiyat safarda bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bellashuvda qayd etilgan. Etiborlisi, namanganliklar bu yilgi derbi bahslarida g'alaba qozona olmadi. Gol urish borasidagi natijalar ham maqtanarli darajada emas. 4 ta o'yinda 3 ta gol urgan "lochinlar", o'z darvozasidan 5 ta to'p olib chiqqan. To'plar nisbati -2.  


Mavsumni o'ta muvaffaqiyatsiz yakunlagan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi xuddi "Navbahor" kabi derbi bahslarida g'alaba qozona olmadi. V.Abramov shogirdlari o'tkazilgan o'yinlarda 2 ta durang ("Navbahor" jamoasi bilan uyda va safarda bir xil 1:1) va 2 ta mag'lubiyat ("Qo'qon-1912" jamoasi bilan o'z maydonida 1:2, safarda 3:1) qayd etgan. To'rtta o'yinda bor yo'g'i 2 ochko jamg'argan jamoa, ochkolarni bittasini o'yda, bittasini safarda qo'lga kiritgan. Raqiblar darvozabonini 4 marta xafa qilishni uddalagan jamoa, o'z darvozasidan 7 ta to'p olib chiqdi. To'plar nisbati -3 ni tashkil qilgan. O'z maydonidagi bahslarda 2 ta gol urib, 3 ta to'p o'tkazib yuborgan V.Abramov shogirdlari, safarda 2 ta gol urib 4 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.


O'zaro o'yinlardan keyingi turnir jadvali esa qo'yidagicha ko'rinish olgan:


#

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

+/-

O

1

Qo'qon-1912

4

3

1

0

8-3

5

10

2

Navbahor

4

0

3

1

3-5

-2

3

3

Neftchi

4

0

2

2

4-7

-3

2



"Vodiy derbisi"ning umimiy statistikasi. O'tkazilgan 6 ta o'yinning teng yarmida, yani 3 tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 2 ta mezbonlar g'alabasi va bitta mehmonlar g'olibligi kuzatilgan. O'tkazilgan bahslarda darvozalarga jami 15 ta gol kiritildi. Urilgan gollarning 9 tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa, 6 ta gol mehmonlar tomonidan urilgan. Gollarning 2 tasi penaltidan kiritilgan. 11 metrlik nuqtadan "Navbahor" vakilli Nemanya Yovanovich va "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Holmuhamedov gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Derbida qayd etilgan eng yirik hisob "Qo'qon-1912"-"Neftchi" bahsida kuzatilgan. O'sha kuni mezbonlar mehmonlarni 3:1 hisobida taslim etgan.
"Derbi" to'purarlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, 3 ta gol urgan "Qo'qon-1912" jamoasi hujumchisi Nosir Otaqo'ziev bu borada birinchi bo'ldi. Undan keyingi o'rinlarda 2 tadan to'p kiritgan "Navbahor" vakili Nemanya Yovanovich va "Neftchi" azosi Mo'ydin Mamazulunov qayd etilgan.

SHuningdek, "Qo'qon-1912" o'yinchilari Javohir Siddiqov, Darko Gojkovich, Suhrob Berdiev, Murod Holmuhamedov, Filip Rayevac, "Neftchi"dan SHerzod Hakimov va Dmitriy Kamarovskiy hamda "Navbahor" hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov hisobida bittadan gol mavjud.


Oliy liga-2017 yakunlari. "Toshkent derbisi"da kim kuchli?

Oliy liga-2017 yakunlari. "Qashqadaryo derbisi"da "Nasaf" mutloq etakchi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика