So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" (матнли трансляция)  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  7 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  112 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

Oliy liga. 19-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 19-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 19-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Ushbu turdan o'rin olgan “Paxtakor”ning o'z maydonida “Dinamo” bilan uchrashuvi nomalum muddatga qoldirilgani uchun bu o'yin yakunini kutib o'tirmasdan ramziy termani tuzishga qaror qildik.

Ushbu tur terma jamoasidan “Nasaf”, “Qizilqum”, “Mashal”, “Bunyodkor”, “Andijon”, “Olmaliq” futbolchilari o'rin olishdi. Garchi Zominda o'tkazilgan “So'g'diyona” - “Navbahor” bahsida 5:4 hisobi qayd etilgan bo'lsa-da, bu o'yinda hech kim ajralib turmagani bois ramziy termaga hech qaysi jamoadan o'yinchi kiritmadik. Natijada ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi.

DARVOZABON
O'tkir Yusupov (“Nasaf”)



Darvozadan O'tkir Yusupov joy oldi. “Nasaf”ning birinchi raqamli posboni Eldor Suyunov Osiyo o'yinlariga jo'nab ketganidan so'ng bosh murabbiy O'tkir Yusupovga ishonch bildirdi va hozircha O'tkir bu ishonchni oqlamoqda. Umuman olganda, ko'pchilik mutaxassislar O'tkir Yusupov haqida iliq fikrdalar. Faqat unga kam o'yin amaliyoti berilmoqda.

HIMOYACHILAR
Georgiy Kvesieshvili (“Qizilqum”)
Abbos SHodmonov (“Mashal”)
Xayrulla Karimov (“Bunyodkor”)
Rahim Qodirov (“Andijon”)

Himoyada to'rt o'yinchiga joy ajratdik. Kvesieshvili markaziy himoyachi bo'lishiga qaramasdan, gol urishni ham qoyillatib kelmoqda. U “Olmaliq” darvozasiga ikki bor to'p kiritib, o'z jamoasiga qimmatli uch ochkoni keltirdi.



“Mashal” - “Neftchi” bahsida esa Abbos SHodmonov ajralib turdi. Kosonlik himoyachi bir necha bor o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, bu turda “Bunyodkor” sardori Xayrulla Karimov yaxshi harakat qildi. U “Buxoro” hujumchilariga, ayniqsa Ulug'bek Baqoevga umuman imkoniyat qoldirmadi. “Andijon” himoyachisi Rahim Qodirov ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, garchi jamoasi yana mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da.

YARIM HIMOYACHILAR
Sato Minori (“Bunyodkor”)
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Abbos Maxsitaliev (“Andijon”)
Oleg Zoteev (“Bunyodkor”)
Dilyaver Abibullaev (“Olmaliq”)



“Bunyodkor”ning “Buxoro” bilan kechgan o'yinida yaponiyalik Sato Minori maydon markazida katta hajmdagi ishni bajardi. U hujumda ham juda faol bo'ldi. Qolaversa, bitta gol urishning uddasidan chiqdi. “Nasaf” sardori Artur Gevorkyan esa bu turda yana gol urdi. “Andijon”ga ijaraga berilgan Abbosbek Maxsitaliev ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Qolaversa, chempionlik uchun kurashayotgan “Loko” darvozasiga to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Oleg Zoteev esa jamoasining deyarli barcha gollarida ishtirok etdi. Safarda imkoniyatni boy bergan bo'lishiga qaramasdan, “Olmaliq” yarim himoyachisi Dilyaver Abibullaev ham o'zidan yaxshi taassurot ko'rsata oldi.

HUJUMCHILAR
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)



Bu turda hujumchilardan Farhod Tojiev, Aleksandr Geynrix, Zafar Polvonov kabi futbolchilar ham gol urishdi. Biroq biz saytimiz xodimlari bilan kelishgan holda hujum chizig'iga birgina Zohir Qo'ziboevni tanladik.

BOSH MURABBIY
Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)

19-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib Ro'ziqul Berdievni maqul topdik. Malumki, Bekoboddan g'alaba bilan qaytishni har kim ham uddalay olmaydi. Lekin “Nasaf” buning uddasidan chiqdi va 2:0 hisobida zafar quchib qaytdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика